Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Iyul 2024

16-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

501 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 41,1 mlrd so'm bo'lgan 390 ta lot 52,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 102 ta
  • boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m

Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 107,7 mln so‘m bo‘lgan Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi “Yoshlik” istirohat bog‘ining texnik maydoni 247,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:
  • soni 74 ta
  • boshlang'ich narxi 31,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 40,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 12,1 ga
Buxoro viloyati Buxoro tumanidan boshlang‘ich narxi 340,1 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 21 sotix yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 144 ta
  • boshlang'ich narx 1,9 mlrd so'm
  • sotilgan narx 2,4 mlrd so'm
  • yer maydoni 668,6 ga
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 19 ta
  • boshlang'ich narxi 27 mln so‘m 
  • sotilgan narxi 91 mln so‘m
Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanidan boshlang'ich narxi 19,6 mln so‘m bo'lgan ko'chma savdo joyi 82,2 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidan boshlang'ich narxi 625 mln so‘m bo'lgan oshxona, non ishlab chiqarish korxonasi va savdo do‘koni 975 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 869 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,9 trln so'm bo'lgan 145 480 ta lot savdoga qo'yilgan.
28 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech