796 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 71,6 mlrd so'm bo'lgan 929 ta lot 100,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 12 ta
- boshlang'ich narxi 8,03 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 8,5 mlrd so‘m
Andijon viloyati Xo'jaobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,7 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi qurtxona bino-inshootlari 4,9 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 17 ta
- boshlang'ich narxi 14,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 15,3 mlrd so‘m
Farg'ona viloyati Farg'ona shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 9,9 mlrd so‘m bo’lgan "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ balansidagi avtoshoxbekat binosi 10,5 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulki ijarasi:
- soni 19 ta
- boshlang'ich narxi 161,6 mln so‘m
- sotilgan narxi 184,4 mln so‘m
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 63,9 mln so‘m bo‘lgan Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti akademik litseyi balansidagi bino qismi 76,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 370 ta
- boshlang'ich narxi 28,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 50,7 mlrd so‘m
- yer maydoni 21,3 ga
Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanidan boshlang'ich narxi 18,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 0,75 gektar yеr uchastkasi 39,5 mlrd so‘mga sotildi.
Andijon viloyati Asaka tumanidan boshlang'ich narxi 163,9 mln so‘m bo‘lgan xalqaro yo'llar bo'yida xizmat ko'rsatish obyektlarini tashkil etish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 311,4 mln so‘mga sotildi.
Toshkent shahri Sergeli tumanidan boshlang'ich narxi 740,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2,8 sotix yеr uchastkasi 963,2 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 321 ta
- boshlang'ich narx 1,8 mlrd so'm
- sotilgan narx 2,2 mlrd so'm
- yer maydoni 450,8 ga
Sud va boshqa ijro hujjatlari bo'yicha mulklar:
- soni 83 ta
- boshlang'ich narxi 14,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 18,5 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 2 254 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 14,3 trln so'm bo'lgan 141 733 ta lot savdoga qo'yilgan.