647 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 72,8 mlrd so'm bo'lgan 1 168 ta lot 106,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 15 ta
- boshlang'ich narxi 5,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 8,4 mlrd so‘m
Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 818,6 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi avtogaraj bino-inshootlari 1,1 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 867 mln so‘m
- sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 509,5 mln so‘m bo‘lgan AT “Xalq banki" balansidagi umumiy ovqatlanish binosi 662,3 mln so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 7 ta
- boshlang'ich narxi 137 mln so‘m
- sotilgan narxi 4,9 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 79,7 mln so‘m bo‘lgan Navoiy shahar adliya bo‘limi balansidagi binoning bo‘sh turgan xonalari 87,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 195 ta
- boshlang'ich narxi 44,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 50,5 mlrd so‘m
- yer maydoni 38,9 ga
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan boshlang‘ich narxi 38 mlrd so‘m bo‘lgan savdo va ko‘ngil ochar majmualari hamda turar joy binolari qurish uchun 1,37 gektar yеr uchastkasi 39,9 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 746 ta
- boshlang'ich narx 2,6 mlrd so'm
- sotilgan narx 8,4 mlrd so'm
- yer maydoni 1003,2 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 85 ta
- boshlang'ich narxi 13,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 26,5 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 2 542 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,8 trln so'm bo'lgan 144 938 ta lot savdoga qo'yilgan.