563 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 100,2 mlrd so'm bo'lgan 356 ta lot 142,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 3 ta
- boshlang'ich narxi 16,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 33,6 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 9,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi ma’muriy bino (inventarlar bilan birga) 25,7 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulki ijarasi:
- soni 73 ta
- boshlang'ich narxi 2,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 4,1 mlrd so‘m
Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 159,8 mln so‘m bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l xarakati xavfsizligi xizmati balansidagi inshoot 463,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 135 ta
- boshlang'ich narxi 56,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 79,6 mlrd so‘m
- yer maydoni 14,5 ga
Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 18,8 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 35 sotix yеr uchastkasi 28,2 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanidan boshlang'ich narxi 338,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 1,4 mlrd so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridan boshlang'ich narxi 130,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 2,5 sotix yеr uchastkasi 650 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 20 ta
- boshlang'ich narx 106 mln so'm
- sotilgan narx 126 mln so'm
- yer maydoni 114,5 ga
Sud va boshqa ijro hujjatlari bo'yicha mulklar:
- soni 92 ta
- boshlang'ich narxi 20,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 22,1 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Karmana tumanidan boshlang'ich narxi 9 mlrd so‘m bo'lgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi 9,2 mlrd so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 1 367 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,6 trln so'm bo'lgan 145 669 ta lot savdoga qo'yilgan.