Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 May 2024

“O‘zbekiston-Xitoy” to‘qimachilik forumida xususiylashtirish jarayonlari taqdimot qilindi

Joriy yil 29-may kuni Xitoy Xalq Respublikasi to‘qimachilik korxonalari va investorlarini O‘zbekistonga keng jalb qilish, to‘qimachilik sanoatining hozirgi kundagi salohiyatini ommaga namoyish etish vа savdo aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha Toshkent shahrida “O‘zbekiston-Xitoy” to‘qimachilik forumi bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyalari vakillari, mahalliy hamda xorijiy investorlar qatnashgan forumda Davaktiv agentligi xodimi Sanjar Tangriyev o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilariga bugungi kunda xususiylashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi hamda xususiylashtirilishi belgilangan tekstil va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar, shu jumladan mazkur faoliyatni joriy etish imkoni bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari taqdimot qilindi.

Shu bilan birga, xususiylashtirilishi belgilangan aktivlar bo‘yicha savdolarda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ishtirok etilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

896 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech