Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Iyul 2024

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: rivojlanishning aniq maqsadlari va muhim vazifalar ijrosi” mavzusida seminar o‘tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati va unda belgilangan dolzarb vazifalar, shuningdek, 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi ijrosi ustidan monitoring olib borish va jamoatchilik nazoratini tashkil etish boʻyicha muhokama shaklida seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Davaktiv agentligining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari, shuningdek, “Zoom” platformasi orqali barcha hududiy boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Davaktiv agentligi rahbariyati soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston-2030” strategiyasining 2024-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish, ushbu strategiyaning oliy maqsadlaridan biri etib belgilab berilganligini taʻkidlab oʻtdi.

Tadbir qatnashchilariga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi va unda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga yana bir bor eslatdi. 2030-yilgacha rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari, har bir jabhada amalga oshiriladigan dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi. 

O‘z o‘rnida, “Oʻzbekiston–2030” strategiyasida belgilangan xususiylashtirish, davlat mulklari va yer munosabatlari sohasiga oid ustuvor vazifalar ijrosi boʻyicha barcha zarur chora-tabdirlar olib borilmoqda.

Tadbir yakunida strategiyaga muvofiq joriy yilda amalga oshiriladigan islohotlarda davlat idoralari bilan bir qatorda keng jamoatchilikning faol ishtiroki ham zarur ekanligi qayd etildi. Shuningdek, maqsad va vazifalarni aholiga oʻz vaqtida tushuntirib borish xususida ham fikr almashildi.

696 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech