Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Mart 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan qo‘shimcha axborot

Avval xabar qilinganidek, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining ommaviy savdolari davom ettirilmoqda.

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJning “Alpomish un tegirmon” filiali bo‘yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi hamda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qaroriga ko‘ra mazkur aktiv bo‘yicha eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan “AL DON PROGRESS” MChJ 40,0 mlrd.so‘m xarid qiymatini to‘lash, kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sig‘imlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq to‘lash evaziga saqlab berish sharti bilan g‘olib deb topildi.

Mazkur davlat aktivi bo‘yicha savdo jarayonlarida ishtirok etgan talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabar yuboriladi.

O‘z navbatida, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha narx takliflarini ko‘rib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan mo‘ljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etilgan.

Bundan tashqari, quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining savdo jarayonlarini davom ettirish uchun savdoda qatnashish boʻyicha takliflar kelib tushmaganligi, takliflar yetarli darajada shakllanmaganligi hamda raqobat muhiti ta'minlanmaganligi sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga chiqarildi.

Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 18-mart kuni soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (foizda)

Lot raqami

I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari

1

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Nukus shahri

80,2

8404033

2

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
 Qoʻngʻirot tumani

95,6

8404032

3

“Chimboydon” MChJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Chimboy tumani

93,6

8404041

4

“Asaka don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,
Asaka tumani

65,8

8404035

5

“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati, 
Qoʻrgʻontepa tumani

83,7

8404048

6

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro viloyati,
Kogon shahri

93,0

8404034

7

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Doʻstlik tumani

90,2

8404040

8

“Zarbdor elevatori” AJ

Jizzax viloyati,
Zarbdor tumani

94,8

8404043

9

“Qamashi DMQQ” MChJ

Qashqadaryo viloyati,
Qamashi tumani

99,9

8404047

10

“Koson don mahsulotlari qabul qilish” MChJ

Qashqadaryo viloyati,
Koson tumani

64,8

8404057

11

“Navoiydonmahsulotlari” AJ

Navoiy viloyati,
Navoiy shahri

61,1

8404046

12

“Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari” AJ

Namangan viloyati,
Uchqoʻrgʻon tumani

79,3

8404054

13

“Namangandonmahsulotlari” AJ

Namangan viloyati,
Namangan shahri

51,0

8404044

14

“Oqtosh Don” AJ

Samarqand viloyati,
Narpay tumani

57,4

8404059

15

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri

88,5

8404058

16

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Fargʻona shahri

51,0

8404042

17

“Qoʻqon don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Qoʻqon shahri

64,3

8404056

18

“Bagʻdod don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati, 
Bagʻdod tumani

54,8

8404051

19

“Quva don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Quva tumani

51,0

8404049

20

“Xonqa don mahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Xonqa tumani

67,5

8404036

21

“Xorazmdonmahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Urganch tumani

92,2

8404055

II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari

22

“Qoʻngʻirot un zavodi” AJning
“Qonlikoʻl gurish” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qonlikoʻl tumani

mulkiy majmua

8404045

23

“Chimboydon” MChJning “Qoraoʻzak” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoraoʻzak tumani

mulkiy majmua

8404037

24

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning “Muborak don” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Muborak tumani

mulkiy majmua

8404050

25

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning “Gʻuzor un” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Gʻuzor tumani

mulkiy majmua

8404052

26

“Dunyo-M” AJning “Baxoristondon” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Mirishkor tumani

mulkiy majmua

8404039

27

“Dunyo-M” AJning “Shahrisabzdon” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Shahrisabz shahri

mulkiy majmua

8404038

28

“Samarqanddon mahsulotlari” AJning “Nurobod don” filiali

Samarqand viloyati, 
Nurobod tumani

mulkiy majmua

8404053

1445 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech