Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Dekabr 2024

Baholovchi va rieltor malaka sertifikatlarini olish uchun 2025-yil davrida oʻtkaziladigan malaka imtihonlari reja jadvali

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, Davaktiv agentligi tomonidan Baholovchining va rieltorning malaka sertifikatlarini olish uchun 2025-yil davomida oʻtkaziladigan malaka imtihonlari reja jadvali tasdiqlandi.

Baholovchilarga oʻtkaziladigan malaka imtihonlari kunlari 21-22 yanvar
4-5 mart
15-16 aprel
17-18 iyun
22-23 iyul
9-10 sentabr
21-22 oktabr
2-3 dekabr

 

Rieltorlarga oʻtkaziladigan malaka imtihonlari kunlari 11-12 fevral
2-3 aprel
20-21 may
8-9 iyul
12-13 avgust
7-8 oktabr
11-12 noyabr
16-17 dekabr

 

Malaka imtihonlari talabgorlardan kelib tushgan soʻrovnomalariga qarab boshqa kunlarga oʻtkazilishi mumkin.

Malaka imtihoni boshqa kunlarga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumot Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida kamida 15 kun oldin eʼlon beriladi.

Mazkur malaka imtihonlari elektron shaklda maxsus dastur asosida oʻtkazilib, ushbu jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.

Malaka imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Davaktiv agentligining (www.davbaho.uz) veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan besh kun avval eʼlon qilinadi.

Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar reja-jadval asosida belgilangan kunda test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davaktiv agentligining maxsus telefon raqamlari: (71) 259-20-19, (71) 259-22-87.

Malaka imtihonlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari binolarida quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar

T/r

Hududlar nomi

Test imtihon oʻtkaziladigan manzil

Masʼul xodim

Aloqa uchun telefon

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahar, A.Timur koʻchasi, 112a-uy

P.Jumabayev

(97) 506-69-99

2

Andijon viloyati

Andijon shahar, A.Navoiy koʻchasi, 126-uy

B.Yuldashev

(91) 490-70-05

3

Buxoro viloyati

Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy

J.Tursunov

(91) 444-91-00

4

Jizzax viloyati

Jizzax shahar, Sh.Rashidov shoh koʻchasi, 63 uy

U.Norboyev

(99) 568-56-23

5

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar, A.Temur koʻchasi,
43-uy

Sh.Urakov

(91) 456-80-01

6

Navoiy viloyati

Navoiy shahar, S.Ayniy koʻchasi,
27-uy

X.Tursunov

(93) 462-22-11

7

Namangan viloyati

Namangan shahar, Navoiy koʻchasi,
72-uy

L.Otaxonov

(93) 403-44-55

8

Samarqand viloyati

Samarqand shahar, Koʻk saroy maydoni, 1A-uy

S.Sultonov

(93) 339-37-30

9

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar, M.Qoshgʻariy koʻchasi, 36a-uy

A.Xamdamov

(91) 577-08-57

10

Sirdaryo viloyati

Guliston shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 3-uy

R.Normurzayev

(97) 278-22-12

11

Toshkent viloyati

Nurafshon shahar, Toshkent yoʻli koʻchasi, 45-uy

S.Jabborov

(97) 700-29-27

12

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahar, A.Navoiy koʻchasi, 17-uy

E.Isakov

(93) 484-25-25

13

Xorazm viloyati

Urganch shahar, Al-Xorazmiy koʻchasi, 23-uy

R.Masharipov

(91) 422-06-66

14

Toshkent shahar

Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy

Z.Qahhorov

(71) 207-02-40

Izoh: Talabgorlar yashash joylaridan qatʼiy nazar test imtihonini Davaktiv agentligining istalgan hududiy boshqarmasi binosida topshirishlari mumkin.

4206 Chop etish