Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Iyul 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan qoʻshimcha axborot

Ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining ikkinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

  • quyidagi 5 ta don korxonasidagi davlat aksiya paketlari kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish sharti bilan sotildi.

Shu bilan birga, savdo jarayonida gʻolib aniqlanmaganligi sababli:

  • Xorazmdonmahsulotlari” AJning 92,2 foiz aksiya paketi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori doirasida Xorazm viloyati hokimi hamda qishloq xoʻjaligi vazirining birgalikdagi tavsiyasiga asosan paxta-toʻqimachilik va gʻallachilik klasterlariga toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish uchun taklif etiladi;
  • “Samarqanddonmahsulotlari” AJ “Nurobod don” filiali faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasida tanlov savdolariga chiqariladi.

 

Davlat ulushi (aksiya paketi) sotilgan don korxonalari
ROʻYXATI

T/r

Davlat aktivi

Sotilgan qiymati (mlrd. soʻmda)

Savdo gʻolibi

1

“Asaka don mahsulotlari” AJning 65,8 foiz aksiya paketi

42,0

“BARAKA QUVA UN” MChJ

2

“Zarbdor elevatori” AJning 94,8 foiz aksiya paketi

29,0

Kadirkulov Farxod Dushaboyevich

3

“Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari” AJning 79,3 foiz aksiya paketi

42,0

Ismailov Ulugʻbek Sadridinovich

4

“Bogʻot don mahsulotlari” AJning 65,5 foiz aksiya paketi

18,5

“ZEBO KOMILJON” OK

5

“Jomboy don mahsulotlari” AJning 57,4 foiz aksiya paketi

42,0

“Premium Globe Investment” MChJ

 

1059 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech