Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Aprel 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan qo‘shimcha axborot

Avval xabar berilganidek, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining ommaviy savdolari davom ettirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, joriy yilning 19-mart kuni ommaviy savdolarga chiqarilgan 27 ta don korxonalaridagi davlat ulushlari va 7 ta don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining 7 tasi boʻyicha savdolarning birinchi bosqichida savdolarda qatnashish uchun talabgorlardan takliflar kelib tushgan, 1 tasi boʻyicha faqatgina bitta talabgordan taklif kiritilgan va 26 tasi boʻyicha talabgorlardan umuman takliflar kelib tushmagan.

Ushbularga ko'ra, quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining savdo jarayonlarini davom ettirish uchun savdoda qatnashish boʻyicha takliflar yetarli darajada shakllanmaganligi hamda raqobat muhiti taʼminlanmaganligi sababli takroriy savdolarga chiqarildi.

Oʻz navbatida, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha narx takliflarini koʻrib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan moʻljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etilgan.

Shuningdek, mazkur aktivlarning tavsiyaviy baholash qiymati 50 foizga pasaytirilgan holda inobatga olinadi.

 

Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil
13-aprel kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (foizda)

Lot raqami (havola)

I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari

1

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Nukus shahri

80,2

8585146

2

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoʻngʻirot tumani

95,6

8585141

3

“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻsiton Respublikasi,
Taxiatosh tumani

91,6

8585162

4

“Chimboydon” MChJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Chimboy tumani

93,6

8585156

5

“Asaka don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,
Asaka tumani

65,8

8585147

6

“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,
Qoʻrgʻontepa tumani

83,7

8585157

7

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro viloyati,
Kogon shahri

93,0

8585144

8

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Doʻstlik tumani

90,2

8585164

9

“Jizzaxdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Jizzax shaxri

94,4

8585165

10

“Zarbdor elevatori” AJ

Jizzax viloyati,
Zarbdor tumani

94,8

8585151

11

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ

Qashqadaryo viloyati,
Qarshi shahri

92,5

8585158

12

“Qamashi DMQQ” MChJ

Qashqadaryo viloyati,
Qamashi tumani

99,9

8585153

13

“Koson don mahsulotlari qabul qilish” MChJ

Qashqadaryo viloyati,
Koson tumani

64,8

8585143

14

“Navoiydonmahsulotlari” AJ

Navoiy viloyati,
Navoiy shahri

61,1

8585154

15

“Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari” AJ

Namangan viloyati,
Uchqoʻrgʻon tumani

79,3

8585160

16

“Namangandonmahsulotlari” AJ

Namangan viloyati,
Namangan shahri

51,0

8585155

17

“Quva don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Quva tumani

51,0

8585161

18

“Toshkentdonmahsulotlari” AJ

Toshkent shahri,
Yashnobod tumani

51,0

8585140

19

“Xonqa don mahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Xonqa tumani

67,5

8585149

20

“Xorazmdonmahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Urganch tumani

92,2

8585152

21

“Qiziltepa un zavodi” AJ

Navoiy viloyati,
Qiziltepa tumani

93,5

8585142

II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari

1

“Qoʻngʻirot un zavodi” AJning “Qonlikoʻl gurish” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qonlikoʻl tumani

mulkiy majmua

8585163

2

“Chimboydon” MChJning “Qoraoʻzak” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoraoʻzak tumani

mulkiy majmua

8585159

3

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning “Muborak don” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Muborak tumani

mulkiy majmua

8585166

4

“Dunyo-M” AJning “Baxoristondon” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Mirishkor tumani

mulkiy majmua

8585150

5

“Samarqanddon mahsulotlari” AJning “Nurobod don” filiali

Samarqand viloyati,
Nurobod tumani

mulkiy majmua

8585145

6

"Don xalq-rizqi" AJning "Kitob Don" filiali

Qashqadaryo viloyati,
Kitob tumani 

mulkiy majmua

8585148

2130 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech