Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Sentyabr 2024

“Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd” kompaniyasi bosh direktori Ezel Agaoglu Oʻzbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda

Joriy yil 12-sentyabr kuni “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd” kompaniyasini 2021-yil sentyabridan bosh direktorivazifasida ishlab kelayotgan Ezel Agaoglu Oʻzbekistondagi faoliyatini yakunlayotganligi munosabati bilan faoliyatidavomida koʻrsatilgan yaqindan hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib tashrif buyurdi.

Janob Ezel Agaoglu Oʻzbekistondagi 2021-yilning sentyabr oyidan boshlab oʻtgan faoliyati davrida “Coca-Cola IchimligiUzbekistan Ltd” kompaniyasida zamonaviy korporativ va moliyaviy boshqaruv tizimlarini joriy etilishiga, kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, yillik soliq tushumlarini xususiylashtirishdan oldingi davrganisbatan karrasiga oshirishga muvaffaq boʻlganligini taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi Turkiyaning yirik kompaniyalaridan biri boʻlgan“Anadolu Group” xoldingi tarkibiga kiruvchi “Coca-Cola İçecek”ga 2021-yilda sotilishi Oʻzbekistondagi xususiylashtirishning birinchi muvaffaqiyatli misollaridan biri hisoblanishini taʼkidlab oʻtildi.

Maʼlumot uchun: 2021-yilda “Rothschild & Co” va “Dentons” xalqaro konsalting kompaniyalari ishtirokida, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ ustav kapitalidagi 57,1% davlat ulushini “Coca-Cola İçyecek A.Ş.” (CCI) kompaniyalar guruhiga 252,3 million AQSh dollariga sotilgan.

Mazkur bitim Oʻzbekiston ichimliklar bozoriga ijobiy taʼsir koʻrsatdi, xususan, soʻnggi 3-yil ichida turk investoritomonidan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish yoʻli bilan, Urganchdagi mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasinimodernizatsiya qilish uchun 40 million AQSh dollarlik yangi texnologiyalar joriy qilindi, shuningdek Samarqandshahrida qiymati 112 million AQSh dollar boʻlgan “Coca-Cola Bottlers Uzbekistan”ning yangi va zamonaviy toʻrtinchi zavodi ishga tushirildi, natijada yangi 200 ta ish oʻrinlari yaratildi. 2025-yilda Namangandagi mavjud zavod oʻrniga yangi zamonaviy infratuzilmaga va texnologiyalarga ega boʻlgan zavod boshqa joyda yangidan qurib ishga tushiriladi.

Janob Ezel Agaoglu Oʻzbekistondagi faoliyati davomida yaqindan hamkorlik va hamrohlik qilganligi uchun Davaktivagentligiga minnatdorchilik bildirib, Kompaniyaga yangi keladigan rahbar bilan konstruktiv va sermahsul hamkorlikoʻrnatilishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakunida Davaktiv agentligi janob Ezel Agaogluga xususiylashtirishdan keyingi jarayondagi eng yaxshi boshqaruvchi faxriy yorligʻini topshirib, kelgusidagi faoliyatiga yanada ulkan zafarlar tilab qoldi.

 

6809 Chop etish