Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Sentyabr 2023

“Foton” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish muddati uzaytirildi

Davaktiv agentligining joriy yil 22-avgustdagi “Foton” AJ ustav kapitalidagi 85,6 foiz davlat ulushini sotib olish boʻyicha tanlov eʼloniga muvofiq quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi savdo jarayonlarida ishtirok etayotgan salohiyatli talabgorlarning so'roviga muvofiq, ularga aktivni yaxshiroq oʻrganish va malakaviy tayyorlanishiga koʻproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini yanada shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “Foton” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish muddatini 2023-yil 9-oktyabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini ma'lum qiladi.

Avval maʼlum qilinganidek, Abrau Capital kompaniyasi  ushbu Bitim yuzasidan Agentlikning xususiylashtirish boʻyicha maslahatchisi sifatida jalb qilingan.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

565 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech