Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 Fevral 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Unga koʻra:

  • “Surxondaryodonmahsulotlari” AJning “Alpomish un tegirmon” filiali bo‘yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichga o‘tgan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlandi va ushbu talabgorlardan 2024-yil 7 fevral soat (Toshkent vaqti bilan) 18:00 ga qadar tijorat takliflari, ya'ni sotib olish narxi, to‘lov muddati va to‘lov qobiliyati bo‘yicha takliflar "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi;
  • “Fargʻonadonmahsulotlari” AJning "Margʻilon don" filiali eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan “Fargonadon Klaster” MChJ QKga 10,0 mlrd. soʻm sotib olish qiymatini toʻlash, kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish sharti bilan sotildi.

Ushbu davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarining mazkur bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabar yuboriladi.

Ta’kidlash joizki, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha narx takliflarini ko‘rib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan mo‘ljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etildi.

Bundan tashqari, quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining savdo jarayonlarini davom ettirish uchun savdoda qatnashish boʻyicha takliflar kelib tushmaganligi, savdolarning birinchi bosqichida gʻoliblar aniqlanmaganligi hamda takliflar yetarli darajada shakllanmaganligi sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga chiqarildi.

Mazkur davlat aktivlari boʻyicha ommaviy savdolarda qatnashish istagida boʻlgan talabgorlar oʻz takliflarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etishlari mumkin.

 

Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 12 fevral kuni soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (foizda)

Lot raqami

I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Nukus shahri

80,2

8124097

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoʻngʻirot tumani

95,6

8124099

“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻsiton Respublikasi,
Taxiatosh tumani

91,6

8124110

“Chimboydon” MChJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Chimboy tumani

93,6

8124103

“Asaka don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,
Asaka tumani

65,8

8124094

“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,
Qoʻrgʻontepa tumani

83,7

8124125

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro viloyati,
Kogon shahri

93,0

8124098

“Qorakoʻldonmahsulotlari” AJ

Buxoro viloyati,
Qorakoʻl tumani

91,9

8124118

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Doʻstlik tumani

90,2

8124095

“Jizzaxdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Jizzax shaxri

94,4

8124124

“Zarbdor elevatori” AJ

Jizzax viloyati,
Zarbdor tumani

94,8

8124121

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ

Qashqadaryo viloyati,
Qarshi shahri

92,5

8124113

“Qamashi DMQQ” MChJ

Qashqadaryo viloyati,
Qamashi tumani

99,9

8124117

“Koson don mahsulotlari qabul qilish” MChJ

Qashqadaryo viloyati,
Koson tumani

64,7

8124092

“Don xalq rizqi” AJ

Qashqadaryo viloyati,
Kitob tumani

88,4

8124101

“Qiziltepa un zavodi” AJ

Navoiy viloyat,
Qiziltepa shahri

93,5

8124093

“Navoiydonmahsulotlari” AJ

Navoiy viloyati,
Navoiy shahri

61,1

8124115

“Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari” AJ

Namangan viloyati,
Uchqoʻrgʻon tumani

79,3

8124129

“Namangandonmahsulotlari” AJ

Namangan viloyati,
Namangan shahri

51,0

8124119

“Samarqanddonmahsulotlari” AJ

Samarqand viloyati,
Samarqand shahri

72,3

8124127

“Jomboy don mahsulotlari” AJ

Samarqand viloyati,
Jomboy tumani

57,4

8124122

“Oqtosh Don” AJ

Samarqand viloyati,
Narpay tumani

57,4

8124107

“Juma elevatori” AJ

Samarqand viloyati,
Pastdarg‘om tumani

63,8

8124096

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri

88,5

8124130

“Shoʻrchi don mahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati,
Sho‘rchi

64,3

8124123

“Oqoltin don mahsulotlari” AJ

Sirdaryo viloyati,
Sayxunobod tumani

89,3

8124109

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Fargʻona shahri

51,0

8124126

“Qoʻqon don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Qoʻqon shahri

64,3

8124111

“Bagʻdod don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Bagʻdod tumani

54,8

8124131

“Quva don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Quva tumani

51,0

8124132

“Xonqa don mahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Xonqa tumani

67,5

8124133

“Bogʻot don” AJ

Xorazm viloyati,
Bogʻot tumani

65,5

8124108

“Xorazmdonmahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Urganch tumani

92,2

8124128

II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari

“Qoʻngʻirot un zavodi” AJning

“Qonlikoʻl gurish” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qonlikoʻl tumani

mulkiy majmua

8124116

“Toʻrtkoʻldonmaxsuloti” MCHJning “Beruniydon” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Beruniy tumani

mulkiy majmua

8124104

“Chimboydon” MChJning “Qoraoʻzak” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoraoʻzak tumani

mulkiy majmua

8124102

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning “Muborak don” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Muborak tumani

mulkiy majmua

8124112

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning “Gʻuzor un” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Gʻuzor tumani

mulkiy majmua

8124120

“Don xalq-rizqi” AJning “Kitob Don” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Kitob tumani

mulkiy majmua

8124105

“Dunyo-M” AJning “Baxoristondon” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Mirishkor tumani

mulkiy majmua

8124100

“Dunyo-M” AJning “Shahrisabzdon” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Shahrisabz shahri

mulkiy majmua

8124106

“Samarqanddon mahsulotlari” AJning “Nurobod don” filiali

Samarqand viloyati,
Nurobod tumani

mulkiy majmua

8124114

 

2682 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech