Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 May 2024

“Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalash sharoitida bozor va mulkiy munosabatlarni rivojlantirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 3-may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Tadqiqotlar markazi tashkil etilganligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalash sharoitida bozor va mulkiy munosabatlarni rivojlantirish” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda Davaktiv agentligi, Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi, Investitsiya institutlari milliy uyushmasi, Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi, Rieltorlik tashkilotlari assosiatsiyasining vakillari, Oʻzbekistonning nufuzli iqtisodchilari, Oʻzbekiston, Rossiya va Hindiston oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining olimlari, korxonalar mutaxassislari ishtirok etishdi. Konferensiyaga Tadqiqotlar markazining birinchi rahbari i.f.d., prof. M.L.Lutfullayev taklif etilib, u ilmiy xodimlar soni kam boʻlishiga qaramay, Markaz yuqori ilmiy natijalarga erishganini taʼkidlab oʻtdi.

Jumladan, soʻnggi 20 yil ichida Markazning ilmiy xodimlari tomonidan taniqli mahalliy va xorijiy nashrlarda 900 dan ortiq ilmiy ishlar tayyorlangan va chop etilgan, shu jumladan 24 ta monografiya, 22 ta darslik va oʻquv qoʻllanmalari, 700 dan ziyod ilmiy maqolalar va tezislar. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida Markaz tomonidan oxirgi 7 yil ichida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarga 45 dan ortiq mualliflik guvohnomalari roʻyxatdan oʻtkazilgan. 2003-yildan boshlab Markaz tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi grantlar hisobidan 29 ta fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 2000-yildan boshlab Markaz tomonidan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida 700 dan ortiq hujjatlar, shu jumladan tahliliy va doklad maʼlumotnomalari, konsepsiyalar, qonunchilik hujjatlari loyihalari, uslubiy tavsiyanomalar, axborot va axborot-tahlil materiallari tayyorlangan va yuqori turuvchi tashkilotga hamda boshqa vazirlik va idoralarga taqdim etilgan. Markaz hozirgi kunda amalda boʻlgan sakkizta qonunlarning asosiy ishlab chiquvchisi hisobnadi.

Konferensiya mavzusi boʻyicha xorijiy mamlakatlardan kelgan ilm-fan vakillari, Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti professori, i.f.d. Bela Batayeva, Hindistonning Maco Polo Ventures kompaniyasi bosh direktori Sachdev Ramakrishna va boshqalarning maʼruzalari tinglandi.

Ilmiy-amaliy konferensiya yakuniga koʻra, qimmatli qogʻozlar bozori, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv, ularning investitsion jozibadorligi, rieltorlik  va baholash faoliyatida uchrayotgan muammolar, ularning yechimi va sohani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar va tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

816 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech