Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Sentyabr 2024

13-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

441 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 16,4 mlrd so'm bo'lgan 330 ta lot 22,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari:

  • soni 4 ta 
  • boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,6 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 450,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq ma’muriy bino 3,5 mlrd so‘mga sotildi.
  • Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 289,8 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino 434,6 mln so‘mga sotildi. 

Davlat mulki ijarasi: 

  • soni 18 ta 
  • boshlang'ich narxi 147,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 200,5 mln so‘m
  • Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 51,8 mln so‘m bo‘lgan Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi balansidagi eski yordamchi binoning bir qismi 56,9 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 274 ta 
  • boshlang'ich narxi 13,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 15,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 15,5 ga 
  • Namangan viloyati Namangan shahridan boshlang'ich narxi 6,8 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 4,46 gektar yеr uchastkasi 8,1 mlrd so‘mga sotildi.
  • Toshkent shahri, Yashnobod tumanidan boshlang'ich narxi 2 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 2,1 mlrd so‘mga sotildi.
  • Toshkent shahri Yashnobod tumanidan boshlang'ich narxi 189 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 208 mln so‘mga sotildi. 

Sud va boshqa ijro hujjatlari bo'yicha mulklar: 

  • soni 14 ta 
  • boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 864 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 15,8 trln so'm bo'lgan 145 121 ta lot savdoga qo'yilgan.

3373 Chop etish