Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Avgust 2024

22-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

515 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 54 mlrd so'm bo'lgan 667 ta lot 67,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari: 

  • soni 11 ta 
  • boshlang'ich narxi 12,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 13,2 mlrd so‘m 
  • Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 9,4 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi mineral o‘g‘itlar saqlash ombori 9,8 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlari: 

  • soni 11 ta 
  • boshlang'ich narxi 6,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,7 mlrd so‘m 
  • Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,3 mlrd so‘m bo‘lgan AT “Xalq bank” Qashqadaryo viloyat filiali balansidagi mahalla guzari va to‘yxona binosi 3,5 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulki ijarasi: 

  • soni 34 ta 
  • boshlang'ich narxi 396,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 706,7 mln so‘m 
  • Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 4,5 mln so‘m bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi balansidagi bo‘sh turgan xona 71,1 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 418 ta 
  • boshlang'ich narxi 12,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 20,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 25,1 ga
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish, ofis va o‘quv markazi qurish uchun 2,9 sotix yеr uchastkasi 3,3 mlrd so‘mga sotildi. 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 21 ta 
  • boshlang'ich narx 539 mln so'm
  • sotilgan narx 592 mln so'm
  • yer maydoni 72,8 ga 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 105 ta
  • boshlang'ich narxi 18,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 21,9 mlrd so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 2 123 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 13,6 trln so'm bo'lgan 141 892 ta lot savdoga qo'yilgan.

3937 Chop etish