Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Avgust 2024

5-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

475 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 60,2 mlrd so'm bo'lgan 1 121 ta lot 89,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari: 

  • soni 20 ta 
  • boshlang'ich narxi 3,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,8 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy - sobiq dam olish oromgohi 6,6 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 8 ta
  • boshlang'ich narxi 7,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 8,3 mlrd so‘m
  • Buxoro tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,8 mlrd so‘m bo‘lgan “Asakabank" ATB balansidagi issiqxona mulkiy majmuasi 3,9 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 74 ta
  • boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,4 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 76,1 mln so‘m bo‘lgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi balansidagi bino qismi 236,1 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 175 ta 
  • boshlang'ich narxi 9,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 17,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 38,2 ga
  • Shahrisabz tumanidan boshlang‘ich narxi 537,4 mln so‘m bo‘lgan turistik zonalar yеr uchastkasi oromgoh, motel, turizm komplekslari qurish uchun 42 sotix yеr uchastkasi 1,4 mlrd so‘mga sotildi. 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi: 

  • soni 652 ta
  • boshlang'ich narx 5,1 mlrd so'm
  • sotilgan narx 6,4 mlrd so'm
  • yer maydoni 591,4 ga 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 83 ta 
  • boshlang'ich narxi 26,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 33,4 mlrd so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 2 620 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,2 trln so'm bo'lgan 143 607 ta lot savdoga qo'yilgan.

1420 Chop etish