Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Fevral 2024

Yangi “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni Jahon banki nigohida

YouTube orqali ko'rish uchun havola

Matn:

Jahon banki O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi ijobiy qadamlarini olqishlaydi. “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi aniq usullarni belgilab beruvchi muhim qadam bo‘lib, boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ishonchimiz komilki, mazkur Qonun investorlar ishonchini oshirib, xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Ilg‘or amaliyot asosidagi xususiylashtirish ijtimoiy tovarlar va xizmatlar uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan resurslarni yaratibgina qolmay, balki yanada faol ishbilarmonlik muhitini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida raqobatning kuchayishiga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Jahon banki ushbu islohotni amalga oshirilishida (qonunni ishlab chiqilishida) yaqindan hamkorlik o‘rnatib, moliyaviy ko‘mak va tahliliy yordam ko‘rsatdik.

Kelgusida, Qonunni samarali ijro etilishini yaqindan nazorat qilish va uni amaliyotga joriy etilishida zarur choralarni ko‘rish muhim ahamiyatga ega.

Biz O‘zbekistonni inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyoti yo‘lida qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

 

Pinar Yasar,
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi O‘zbekiston bo’yicha katta iqtisodchisi

1448 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech