Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Iyun 2024

Oʻzbekiston-Turkiya biznes forumi doirasida yangi xususiylashtirish dasturi taqdimot qilindi

Turkiya Respublikasi Anqara shahrida boʻlib oʻtayotgan “Oʻzbekiston-Turkiya biznes forumi” doirasida, joriy yil 6-iyun kuni “Xususiylashtirish – iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi va biznes uchun imkoniyatlar” mavzusida panel sessiya oʻtkazildi.

Sessiyada Davaktiv agentligi direktori Akmalxon Ortikov taqdimot bilan ishtirok etib, turk kompaniyalariga va ishbilarmon soha vakillariga Oʻzbekistonda xususiylashtirish sohasida erishilgan natijalar, kelgusidagi istiqbolli rejalar, jumladan, yangi xususiylashtirish dasturi doirasida ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlari hamda savdo jarayonlarida ishtirok etish tartiblari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shu oʻrinda, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi va “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunlari qabul qilinganligi hamda mazkur normativ-huquqiy bazaning takomillashtirilishi xorijiy va mahalliy investorlar uchun bir qator imkoniyat va yengilliklarni yaratib berganligi alohida taʼkidlandi.

Shu bilan birga, taqdimot davomida mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan tushuntirish berilib, biznes vakillarini Oʻzbekistondagi xususiylashtirish jarayonlarida faol qatnashishga taklif etildi. Oʻz oʻrnida, xususiylashtiriladigan yirik davlat aktivlari, shuningdek, Turkiyaning toʻqimachilik sohasidagi tadbirkorlariga ishlab chiqarish zavodlarini koʻchirishi va relokatsiya qilishi mumkin boʻlgan, maydoni 300 kv.metrdan 90 ming kv.metrgacha boʻlgan hamda barcha tegishli infratuzilmasi mavjud obyektlarning investitsiya tizerlari tarqatildi.

Tadbir yakunida qatnashchilar va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berildi.

762 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech