Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Iyul 2024

Qashqadaryo viloyati tadbirkorlari va ishbilarmonlar diqqatiga!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 27-iyul (shanba) kuni soat 10:00 da Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi, 35-uyda joylashgan "O'zbekneftegaz" AJning ma'muriy binosida Qashqadaryo viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, bo'sh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari to'g'risida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti o'tkaziladi.

Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!

725 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech