Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 May 2020

“Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJ ustav fondidagi davlat ulushini xalqaro bozorda ommaviy savdolarini tashkil etish uchun xalqaro professional konsalting kompaniyasi jalb qilish toʻgʻrisida EʼLON

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJ (75,2) (keyingi oʻrinlarda – Aktiv) xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Buyurtmachi) mazkur aktivlarni xalqaro bozorda ommaviy savdolarini tashkillashtirish uchun xalqaro tajribaga ega boʻlgan professional konsalting kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb etishi boʻyicha eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan quyidagi Taklif taqdim etish uchun soʻrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini 2024-yil 15-iyun kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlarini soʻraymiz.

Agar, birgalikda qoʻshma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik — konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant koʻrsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari soʻraladi:

Talʼat Yuldashevich Samandarov — Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish departamenti boshligʻining oʻrinbosari;

Telefon: +998-71-259-20-67;

E-mail: tender@davaktiv.uz

Konsultantlarning vakillari bilan Bitim boʻyicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa, Aktivda qoʻshimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi maʼlum qilinadi.

Diskleymer

Mazkur soʻrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra, takliflar uchun ushbu soʻrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʻliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar oʻtkazish orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish boʻyicha kutilishi mumkin boʻlgan ishlar hajmi toʻgʻrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʻljallangan.

Tanlov ishtirokchilari tanlov jarayoni bilan bogʻliq holda Buyuurtmachi uchun dastlabki taqdimotlar va takliflarni tayyorlashning yagona cheklangan maqsadidan tashqari, hech narsaga  tayanaolmaydilar va ishonmasliklari shart.

“Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJni xususiylashtirish boʻyicha konsultant jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)

Kirish

Xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, "Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJ (75,2) dagi davlat ulushlari (keyingi oʻrinlarda – Bitim) xalqaro bozorda savdoga chiqarilishi belgilangan.

Xalqaro savdo jarayonlari Aktivning tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari doirasida eng maqbul xorijiy tajriba asosida tashkil etilishi lozim. Buyurtmachi toʻgʻri qaror qabul qilishi uchun Aktivni mustaqil baholash ishlarini amalga oshiradi.

Ushbu Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (keyingi oʻrinlarda ­- Soʻrovnoma) Konsultantga qoʻyiladigan talablarni va uning baholanishi kerak boʻlgan taklifining tuzilishini, shuningdek, ushbu Soʻrovnomaning ilovasida Bitimni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur ish hajmini tavsiflaydi. Konsultantlar konsorsiumga kirishlari yoki xizmatlarning toʻliq spektrini taqdim etish boʻyicha qoʻshma takliflar kiritishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:

jamiyat ishtirokchilaridan birortasi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanishi;

agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari jamiyatning ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda oʻzining imtiyozli huquqidan foydalanmagan boʻlsa, jamiyat mazkur ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻlishi qayd etilgan.

Agar jamiyatning ishtirokchilari yoki jamiyat ulushni sotib olish boʻyicha oʻzlarining imtiyozli huquqidan foydalansa, konsultant xizmatlari yuridik jihatdan hamkorlik qilish, shu jumladan oldi-sotdi shartnomasi loyihasini tayyorlash bilan cheklanadi.

 

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot

OOO “Samarqand Avtomobil zavodi” – MDH mamlakatlarida tan olingan yetakchi zavodlardan biri boʻlib, yiliga 4,5 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. 23 ta rasmiy dillerlik va xizmat koʻrsatish punklari mavjud. Xodimlar soni 1 400 ta kishini tashkil qiladi.

Kompaniyaning bosh ofisi Samarqand viloyati, Sulaymon Buxoriy koʻchasi,
5-uyda joylashgan;

Ustav fondi: 484,0 mlrd.soʻm;

Veb-sahifasi: www.samauto.uz

Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʻyiladigan talablar

Konsultantning (individual arizachi yoki Konsorsium) taklifi rus/ingliz tilida tayyorlanishi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

  1. a) Aktivni xalqaro xususiylashtirish jarayonini tashkillashtirish boʻyicha konsultantning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʻlamini oʻz ichiga olgan rejasi. Konsultantning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, xususiylashtirish jarayonining davomiyligi boʻyicha xulosasi (10 ballgacha);
  2. b) Tijorat taklifi ikki qismdan iborat (50 ballgacha):
  • Xizmat haqining qatʼiy qismi yagona raqam shaklida (QQS va boshqa xarajatlar bilan birga) boʻlishi va konsultantning subyektiv taxminlaridan holi boʻlishi lozim;
  • Taklif etilgan haq miqdori ishlab chiqilgan savdo strategiyasiga bogʻliq va Buyurtmachi taklifning muvaffaqiyati uchun (“success fee”) mutanosib haq toʻlashni taʼminlaydigan takliflarga ustunlik beradi;

Agar xizmat haqi narxlar oraligʻida berilgan boʻlsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi. Qoʻshimcha joriy xarajatlar (xizmat safari, tarjima va boshqalar uchun) belgilangan qatʼiy qismiga kiritilishi kerak;

  1. v) Shu toifadagi aktivlar doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan konsultantlarning ish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, 2017-yil 1-yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar toʻgʻrisida maʼlumot (20 ballgacha);
  2. g) Loyihani amalga oshirishdan kelib chiqib, Bitimni amalga oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish boʻyicha taklif. Taklif etilgan Bitimga jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari va ular haqidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish boʻyicha umumiy tajriba va ularni amalga oshirish boʻyicha malakasi (20 ballgacha);
  3. d) Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi toʻgʻrisida yozma ariza;
  4. e) Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi haqida maʼlumot. Maslahatchi ushbu savdoga jalb qilingan taqdirda ziddiyatlar olib kelishi mumkin boʻlgan hollarda potensial bitim boʻyicha salohiyatga ega ekanligini koʻrsatish.

 Xususiylashtirish boʻyicha konsultantdan kutilayotgan ishlar hajmi 

1.Avtomobilozlik bozorini tahlil qilish:

  • Oʻzbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va bozor tahlili, soha korxonalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar;
  • boshqa (jumladan, qoʻshni) davlatlarda mazkur sohada amalga oshirilgan xususiylashtirish tajribasi tahlili, ushbu turdagi aktivning xususiylashtirishdagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sabablari, kelgusida sohani rivojlantirish va muvaffaqiyatli xususiylashtirishni taʼminlovchi omillar;

2.Aktivni sotishdan oldin tayyorlash boʻyicha maslahatlar:

  • Aktivning investitsiya jozibadorligini oshirish, eng ilgʻor amaliyotlar va oʻxshash (analog) aktivlarning tahlili asosida tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha takliflar;
  • Aktivning har tomonlama (soliq, huquqiy, moliyaviy va ekologik) chuqur tahlilini oʻtkazish (due diligence);
  • optimal marketing strategiyasi boʻyicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum, jarayon holati boʻyicha xat va boshqalar) va investorlar oʻrtasida axborot materiallarini tarqatish;
  • marketing materiallarini tayyorlash, shu jumladan investitsiya videolari, tarqatma materiallar va boshqalar;
  • jamoatchilik bilan aloqa oʻrnatish boʻyicha tavsiyalar taqdimoti, ularning savollariga javoblar;
  • baholash uslubini toʻgʻri tanlash va ularning investorlar uchun dolzarbligini belgilash, narx diapazoni boʻyicha tavsiyalarni taqdim etish;
  • investor nuqtayi nazaridan baholashga taʼsir etuvchi asosiy omillar, asosiy koʻrsatkichlar va tahminlarni aniqlash;
  • loyiha doirasida boshqa malakali konsultantlarni jalb etish (zarur boʻlgan hollarda) va ularning ishini muvofiqlashtirish.

3.Bitim jarayoniga hamrohlik qilish:

  • Aktivni xususiylashtirishga qaratilgan barcha choralarni koʻrish, virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ni tashkil etish;
  • salohiyatli talabgorlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, shu jumladan, ularning savollariga javoblar berish;
  • barcha zarur hujjatlarni, jumladan, oldi-sotdi shartnoma loyihasini (oʻzbek tiliga tarjimasi bilan, kerak boʻlsa rus va ingliz tillarida ham) tayyorlash bilan birga sotish jarayonida hamrohlik qilish;
  • Bitimni eʼlon qilish va yopishni tashkillashtirish.

(1) Agar ariza konsorsium tomonidan taqdim etilgan taqdirda, konsorsium boʻyicha kelishuvni taqdim etish, shuningdek, muvofiqlashtiruvchi asosiy maslahatchi (odatda konsorsium rahbari deb ataldi) koʻrsatish lozim. Ushbu holatda xizmatlarning umumiy qiymati koʻrsatilishi kerak.

(2)  Agar konsultantlarning takliflari Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʻyiladigan talablarning "a","v" va "g" bandlarida koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib 30 balldan kam baholansa, "b" bandida nazarda tutilgan baholash balli qoʻllanilmaydi.

(3)  Agar boshqa ishtirokchilar yoki Jamiyat ulushini sotib olish byicha zlarining imtiyozli huquqidan foydalansa, konsultant xizmatlari uchun tlov faqat ushbu bitimni huquqiy taʼminlash uchun qshimcha shartnoma imzolash orqali amalga oshiriladi.

150 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech