Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Oktyabr 2024

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Kengashining IX yillik anjumanida xususiylashtirish va davlat aktivlari mavzusi muhokama qilindi

Joriy yil 26-sentabr kuni Samarqand shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Kengashining IX yillik anjumani doirasida "Yangi O'zbekiston - katta imkoniyatlarga ega katta Davlat" panel sessiyasida xususiylashtirish va davlat aktivlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Sessiyada Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari  Xusanov Nodirbek va bir qator xalqaro ekspertlar, xususan, Global Green Growth institutining O'zbekistondagi vakili Aaron Russell, Xitoy Xalqaro taraqqiyot hamkorlik agentligi Raisi o'rinbosari Chjao Fengtao, Xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchi Jonatan Charlz va boshqalar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi muhim mavzular bilan bir qatorda davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish mavzusi keng muhokama qilindi.

Xususan, sessiyada, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Xusanov Nodirbek Oʻzbekistonda xususiylashtirish sohasida erishilgan natijalar, kelgusidagi istiqbolli rejalar, jumladan, yangi xususiylashtirish dasturi doirasida ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlari hamda savdo jarayonlarida ishtirok etish tartiblari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shu oʻrinda, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi va “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunlari qabul qilinganligi hamda mazkur normativ-huquqiy bazaning takomillashtirilishi xorijiy va mahalliy investorlar uchun bir qator imkoniyat va yengilliklarni yaratib berganligi alohida taʼkidlandi.

O‘z navbatida, xorijiy ekspertlar, jumladan sessiya moderatori Jonatan Charlz tomonidan investitsiyalarni jalb etishda davlat aktivlarini xususiylashtirish muhim omil sifatida xizmat qilishi, bundan tashqari, Oʻzbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasida qonun hujjatlarini uygʻunlashtirish orqali iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy mulkni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

7087 Chop etish