Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Mart 2024

Maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi tasdiqlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 13-fevraldagi “Maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 56-son Buyrug‘i Adliya vazirligida 2024-yil 18-martda 3503-son raqami bilan ro‘yxatga olindi.

Nizomga muvofiq quyidagilar belgilanmoqda:

- Jismoniy shaxslar o‘zlari aniqlagan maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimi orqali onlayn-buyurtmanoma yuborishi;

- Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi xodimlari tomonidan onlayn-buyurtmanomada keltirilgan ko‘chmas mulk obyekti joyiga chiqqan holda o‘rganilishi;

O‘rganish natijasiga ko‘ra, rasmiylashtirilgan dalolatnomada onlayn-buyurtmanomada keltirilgan davlat ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish yoki ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish yoxud xususiylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida xulosasi jismoniy shaxslarga SMS-xabarnoma orqali yuborilishi;

- Jismoniy shaxslarga, ularning onlayn-buyurtmanomalari bo‘yicha xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarining lot raqamlari SMS-xabarnoma orqali yuborilishi belgilangan.

 

1351 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech