Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Sentyabr 2024

“ToshuyjoyLITI” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni yuzasidan axborot

Davaktiv agentligining joriy yil 22-iyuldagi “ToshuyjoyLITI” AJ ustav kapitalidagi 61,6% davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Abrau Capital” kompaniyasining taklifiga asosan, mazkur sotish jarayonlarida raqobat muhitini taʼminlash maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “ToshuyjoyLITI” AJdagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Expression of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024-yil 23-sentabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: almo@abraucapital.com

Avvalgi chop etilgan Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.

4964 Chop etish