Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Oktyabr 2022

“YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROSESSING MARKAZI” MChJdagi davlat ulushlari xususiylashtirilganligi toʼgʼrisida qoʼshimcha axborot

Ma’lumki, joriy yil 20 avgust kuni “YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROSESSING MARKAZI” MChJdagi davlatga qarashli ulushlarni xususiylashtirishga tayyorgarlik koʼrish jarayonlari toʼgʼrisida axborot berilgan edi.

Unga koʼra, “Mas’uliyati cheklangan va qoʼshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʼgʼrisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq, Jamiyat ustav kapitalidagi 75 foiz davlat ulushini sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanishlari mumkinligi toʼgʼrisida Jamiyatning qolgan ishtirokchilari hamda Jamiyatning oʼzi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan yozma shaklda xabardor qilingan.

Natijada, Jamiyatning ustav fondidagi 75 foiz davlat ulushi Jamiyatning qolgan 4 nafar ishtirokchilari tomonidan, imtiyozli huquqdan foydalangan holda, oʼz ulushlarining miqdoriga mutanosib ravishda har biriga 18,75 foizdan Oʼzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonuni hamda Mulkni baholash milliy standartining talablariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan jalb etilgan mustaqil baholovchi "Real Excellent Valuation" MChJ tomonidan baholangan qiymatda, Jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olish istagi bildirilgan.

Shunga koʼra, “YAGONA UMUMRESPUBLIKA PROSESSING MARKAZI” MChJning 75 foiz davlat ulushini Jamiyatning qolgan 4 nafar ishtirokchilariga oʼz ulushlarining miqdoriga mutanosib ravishda baholangan qiymatda, jami 210,1 mlrd. soʼmga sotish yuzasidan oldi-sotdi shartnomalari imzolangan.

Oʼz navbatida, mazkur shartnomalarga muvofiq joriy yil sentabr oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xususiylashtirish jamgʼarmasiga kelib tushgan ushbu mablagʼlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlangan.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Axborot va PR xizmati

3278 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech