Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 May 2023

40 ta davlat korxonalarida “xalq IPO”sini oʻtkazish strategiyasini ishlab chiqish va jarayonni muvofiqlashtirish boʻyicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish toʻgʻrisida eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, ilovada ko'rsatilgan 40 ta davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda – Aktivlar)da “bitta aksiya — bitta lot” oʻtkazish strategiyasini ishlab chiqish va jarayonni muvofiqlashtirish boʻyicha yetakchi professional konsalting kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsultant)ni jalb qilish yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan quyida keltirilgan Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)ga asosan oʻz takliflarini 2023-yil 1 iyun kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlarini soʻraymiz.

Barcha qiziqish bildirgan konsultantlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari soʻraladi (kodlangan holda):

Oxunov Shoxrux Baxodir o'g'li – Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish departamenti boshligʻi;

Tel.: + 998-71-259-20-23;

E-mail: tender@davaktiv.uz.

Samandarov Talʼat Yuldashevich — Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish departamenti boshligʻining oʻrinbosari;

Telefon: + 998-71-259-20-67;

E-mail: tender@davaktiv.uz.

Qoʻshma tijorat taklif taqdim etilgan taqdirda, jalb qilingan sherik konsultant ishlarini muvofiqlashtiruvchi va masʼuliyatni oʻz zimmasiga oluvchi Bosh konsultantni koʻrsatish kerak.

Diskleymer

Mazkur soʻrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra, takliflar uchun ushbu soʻrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʻliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan strategiyani amalga oshirish boʻyicha kutilishi mumkin boʻlgan ishlar hajmi toʻgʻrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʻljallangan.

Tanlov ishtirokchilari tanlov jarayoni bilan bogʻliq holda Buyuurtmachi uchun dastlabki taqdimotlar va takliflarni tayyorlashning yagona cheklangan maqsadidan tashqari, hech narsaga tayanolmaydilar va ishonmasliklari shart.

40 ta davlat korxonalarida “xalq IPO”sini oʻtkazish strategiyasini ishlab chiqish va jarayonni muvofiqlashtirish uchun yetakchi professional konsultantni jalb qilish boʻyicha Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)

Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga muvofiq, 40 ta davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda – Aktivlar)da “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida “xalq IPO”sini oʻtkazish belgilangan. Topshiriqqa muvofiq, quyidagi aktivlarning aksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga taklif qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Buyurtmachi) savdo jarayonlarini muvofiqlashtirish va loyiha ofislarini tashkil etish uchun professional tashkilotlarni jalb qilishda eng maqbul takliflar asosida tanlov oʻtkazishni rejalashtirgan.

Mazkur taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (keyingi oʻrinlarda – Soʻrovnoma) Konsultantga qoʻyiladigan talablarni va baholanadigan uning takliflar strukturasini, shuningdek ushbu Soʻrovnomada koʻrsatilgan ishlar hajmini olib borish jarayonini tasniflaydi. Barcha sohada xizmat koʻrsatuvchi Kosultantlar konsorsium yoki qoʻshma taklif taqdim qilgan holda ishtirok etishlari mumkin.

Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʻyiladigan talablar

Takliflar bitta xalqaro va bitta mahalliy darajadagi professional tashkilotlardan iborat Konsorsium professional tashkilotlar yoki alohida konsalting tashkilotlar tomonidan taqdim etilishi majburiydir.

Taklif rus/ingliz yoki o'zbek tilida tayyorlanishi zarur, quyidagi maʼlumotlarni oʻz olishi kerak:

  1. Loyihani muvofaqqiyatli amalga oshirish uchun taklifiy harakatlarning batafsil tavsiflash bilan ishlar hajmi boʻyicha taklif. Konsultantning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, xususiylashtirish jarayonning davomiyligi boʻyicha xulosasi (10 ballgacha);
  2. Xizmat xaqi toʻgʻrisida maʼlumot: Soliqlar (QQS)ni hisobga olgan holda qoʻshimcha operatsion xarajatlarni inobatga olgan holda qatʼiy belgilangan miqdor (60 ballgacha);
  3. Shu toifadagi loyihalar boʻyicha ish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, Konsultantning 2018 yil 1-yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar toʻgʻrisida maʼlumotlari (15 ballgacha);
  4. Loyihani boshqarish va ishlarni tashkillashtirish boʻyicha taklif. Mazkur loyihaga jalb qilingan jamoa toʻgʻrisidagi maʼlumot, alohida shaxslarning ismlari va ular toʻgʻrisidagi ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish boʻyicha umumiy tajribasi va tranzaksiyani amalga oshirish boʻyicha tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (15 ballgacha).
  5. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi toʻgʻrisida yozma ariza.
  6. Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot. Konsultant ushbu loyihaga jalb qilingan taqdirda ziddiyatlar olib kelishi mumkin boʻlgan hollarda salohiyatga ega ekanligini koʻrsatish toʻgʻrisida maʼlumot.

40 ta davlat korxonalarida “xalq IPO”sini oʻtkazish strategiyasini ishlab chiqish va jarayonni muvofiqlashtirish boʻyicha konsultantdan kutilayotgan ishlar hajmi:

Konsultantning ishlar hajmiga Davaktiv agentligining boshqa konsultantlari, jumladan anderrayterlar, brokerlar va boshqalarning faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek Aktivlarning sotish jarayonlarini umumiy muvofiqlashtirish vazifalari kiradi.

- mahalliy bozor xususiyatlarini inobatga olgan holda xalqaro tajriba asosida “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili boʻyicha  “xalq IPO”sini oʻtkazish yuzasidan nizom/tartib ishlab chiqish;

- 40 korxonalar roʻyxatiga kiritilgan yirik kompaniyalarning IPO/SPOsini oʻtkazish imkoniyati/maqsadliligi predmeti boʻyicha dastlabki tahlil oʻtkazish;

- “E-auksion” platformasida “Xalq IPO”si elementlari bilan IPO/SPO oʻtkazish uchun belgilangan korxonalarning aksiyalarini savdoga chiqarish tartibi va mexanizmlari bo'yicha asoslantirilgan takliflarni taqdim qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va boshqalariga muvofiq roʻyxatga kiritilgan kompaniyalar faoliyatining koʻrsatkichlari, bozor konyukturasi, maqroiqtisodiy vaziyatni tahlil qilish natijalari boʻyicha kompaniyalarni sotishdan oldin tayyorlash va boshqa chora-tadbirlarning axborot-tushuntirishlarni oʻtkazish;

-  Optimal marketing strategiyasi, jumladan tegishli marketing instrumentlari va uslublari yuzasidan hamda marketing materiallarini (flayerlar, bukletlar, bannerlar, memorandumlar, foto-video roliklar va boshqalar) tayyorlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

- “Xalq IPO”sida ishtirok etish uchun belgilangan korxonalarni savdoga chiqarish bo'yicha aniq mezonlarini ishlab chiqish, bunda “Xalq IPO” va tijoriy tartibdagi savdolarni sinxronlashtirish boʻyicha yondashuvlarni takomillashtirish, yangilash va ishlab chiqish;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son qarori doirasida “Xalq IPO”si elementlari bilan korxonalarni IPO/SPO oʻtkazishning kelgusi bosqichlari boʻyicha chora-tadbirlar va ularning hujjatlarini (zarurata koʻra) shakllantirish;

- Joylashtiriladigan aksiya paketlari miqdorini aniqlash va korxonaning holati, maqroiqtisodiy vaziyati, bozor konyukturasi (jumladan, aksiyalardan kutilayotgan daromad bashorotlari), xalqaro tajriba va boshqalarni inobatga olib korxona aksiyalarini joylashtirish boshqa savollarni asoslantirish uchun hisob-kitoblarni oʻtkazish;

- Fond birjasi, “E-auksion” va jalb qilingan davlat organlarining vakillari bilan hamkorlik qilish (zaruratga koʻra);

- Davaktiv agentligi rahbariyati va/yoki Fond birjasi, “E-auksion” va boshqa manfaatdor tomonlarning vakillari bilan uchrashuvlar (zaruratga koʻra) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son qarorining roʻyxatidagi korxonalar va Davaktiv agentligi xodimlari uchun oʻquv seminarlar tashkil etish, shuningdek Davaktiv agentligi tomonidan tashkil etiladigan Road-Show tadbirlarida ishtirok etish;

- Bitimning moliyaviy va tijoriy jihatlari boʻyicha maslahat berish (masalan, emissiyaning prospekti, marekting hujjatlariga sharhlar);

- Loyiha (zaruratga koʻra, aksiyalarni oldi-sotdi shartnomasi, uning hujjtalri)ni, loyiha hujjatlarini tayyorlash va uni kelishishni huquqiy, tijorat va moliyaviy jihatlari boʻyicha maslahatlar berish;

- Davaktiv agentligi qarashini shakllantirish uchun kompaniyalarda IPO oʻtkazish doirasida shoʻba tashkilotlari tomonidan jalb qilingan boshqa konsultantlar tomonidan tayyorlangan materiallar boʻyicha maslahatlar berish.

Belgilangan ishlar hajmi Kelishuv/Shartnoma va Buyurtmachi va Pudratchi oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni tayyorlash jarayonida, jumladan Buyurtmachi tomonidan joylashtirishning muayyan usulini tanlashni hisobga olgan holda belgilanishi mumkin.

Aksiya paketlari “bitta aksiya — bitta lot” tamoyili asosida xalq IPOsini o‘tkazish tartibida ommaviy savdolar orqali sotiladigan 40 ta korxonalar ro‘yxati

T/r

Nomi

Hudud

Sotiladigan aksiyalar

foiz

dona

1.

“Navoiy KMK” AJ

Navoiy viloyati

2,0

300 000 000

2.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

Toshkent viloyati

2,0

12 300 297

3.

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ

Toshkent viloyati

2,0

9 330 978

4.

“UZBAT” AJ

Toshkent shahri

2,6

641 747

5.

“O‘zbektelekom” AJ

Toshkent shahri

2,0

5 746 211

6.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

Toshkent shahri

2,0

4 878 435 656

7.

“Asakabank” ATB

Toshkent shahri

2,0

842 745 407

8.

AT “Xalq banki”

Toshkent shahri

2,0

148 667 596

9.

“Qishloqqurilishbank” ATB

Toshkent shahri

2,0

311 141 316

10.

“Aloqabank” ATB

Toshkent shahri

2,0

223 319 146

11.

“Turonbank” ATB

Toshkent shahri

2,0

17 460 499

12.

“Mikrokreditbank” ATB

Toshkent shahri

2,0

66 429 463

13.

“Ipak yo‘li” ATB

Toshkent shahri

0,0003

192 888

14.

“Trastbank” ATB

Toshkent shahri

0,001

598

15.

“Garantbank” ATB

Toshkent shahri

0,01

294 396

16.

“O‘zbekinvest” EISK AJ

Toshkent shahri

7,33

20 686 463

17.

“Alskom” AJ

Toshkent shahri

3,9

1 137 311

18.

“O‘zagrosug‘urta” AJ*

Toshkent shahri

2,0

664 617

19.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ

Toshkent shahri

4,0

134 651

20.

“Dori-darmon” AJ

Toshkent shahri

20,0

4 014 400

21.

“O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi” AJ*

Toshkent shahri

2,0

1 499 168

22.

“O‘zbekgeofizika” AJ

Toshkent shahri

2,0

23 240 292

23.

“Qurilishmashlizing” AJ

Toshkent shahri

22,5

3 825 000

24.

“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ

Toshkent shahri

5,7

671 238

25.

“Toshuyjoyliti” AJ

Toshkent shahri

10,5

482 084

26.

“Tashgiprogor” AJ

Toshkent shahri

15,8

85 673

27.

“Boshtransloyiha” AJ

Toshkent shahri

6,1

271 556

28.

“Andijon biokimyo zavodi” AJ

Andijon viloyati

20,0

2 541 782

29.

“O‘zbekneftgaz” AJ

Toshkent shahri

2,0

849 738 934

30.

“Hududgazta’minot” AJ

Toshkent shahri

2,0

529 261 741

31.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

Toshkent shahri

2,0

3 993 422

32.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Toshkent shahri

2,0

1 040 462 222

33.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Toshkent shahri

2,0

1 693 616 290

34.

“O‘zbekgidroenergo” AJ

Toshkent shahri

2,0

146 221 337

35.

“Minora qurilish ekspeditsiyasi” AJ

Qashqadaryo viloyati

11,1

3 588 800

36.

“Janubsanoatmontaj” AJ

Navoiy viloyati

20,7

337 653

37.

“Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” AJ

Farg‘ona viloyati

10,3

33 424 896

38.

“Ko‘prikqurilish” UK**

Toshkent shahri

2,0

-

39.

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” DUK**

Toshkent shahri

10,0

-

40.

“Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” DUK**

Toshkent shahri

10,0

-

Izoh: Aksiyalar soni o‘zgargan taqdirda sotuv o‘zgarishlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
* davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyati ulushi sotiladi;
** aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilgandan so‘ng aksiyalar savdoga chiqariladi.

3300 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech