Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Fevral 2025

Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qisqartirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar

"2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi"ning ustuvor yoʻnalishi sifatida davlat ishtirokidagi korxonalarga egalik qilish asoslarini belgilash, xususiy sektor muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatayotgan va raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokini cheklash, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishda tizimlilik va “sot yoki tushuntir” tamoyillarini joriy etish orqali davlat ishtirokidagi korxonalarni keskin qisqartirish hisoblanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-123-son qaroriga muvofiq, bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatilishi yoki xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirilgan holda xususiy sektorga sotilishi koʻrsatilgan.

Unga koʻra 50 ta vazirlik va idolar tizimidagi jami 461 ta davlat muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning:

  • 62 ta davlat ishtirokidagi korxonalar davlat muassasalari sifatida qayta tashkil etilishi;
  • 289 ta davlat muassasalari va 110 ta davlat ishtirokidagi korxonalar qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilishi belgilandi.

 

6108 Chop etish