Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 May 2024

Davaktiv agentligi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yil 30-aprel kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda erishilgan natijalar, davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish, xususiylashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar, davlat korxonalaridagi korporativ boshqaruv tizimi, moliyaviy hisobotlarning yuritilishi muhokama qilindi.

Davaktiv agentligi direktori Akmalxon Ortikov Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekiston bo‘yicha missiya rahbari Yasir Abdix boshchiligida kelgan delegatsiya vakillarini Davaktiv agentligi asosiy faoliyati bilan tanishtirdi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (2024-yilgi xususiylashtirish dasturi) mazmun mohiyati yoritib berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni va 2023-yil 9-martdagi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi e'tirof etildi, hamda hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Shu bilan birga, xorij vakillariga xususiylashtirish jarayonlari, ilg‘or xorijiy tajribaga asosan qo‘llanilayotgan xususiylashtirish usullari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berib o‘tildi.

O‘z navbatida, missiya rahbari Yasir Abdix tomonidan xususiylashtirish jarayonlari ochiq va shaffof amalga oshirilayotgani yuqori e'tirof etilib, mazkur amalga oshirilayotgan islohatlar o‘z samarasini berishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar xususiylashtirish oldi jarayonlarida hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

903 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech