Ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
Unga koʻra:
- Quyidagi 8 ta don korxonasidagi davlat aksiya paketi va mulkiy majmuasi boʻyicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichga oʻtgan talabgorlar roʻyxati tasdiqlandi va ushbu talabgorlardan 2024-yil 20-may soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, yaʼni sotib olish narxi, toʻlov muddati va toʻlov qobiliyati boʻyicha takliflar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi;
- “Fargʻonadonmahsulotlari” AJning 51,0 foiz aksiya paketi eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan “Agrocomplex Nashe Zerno” MCHJga 40,0 mlrd. soʻm sotib olish qiymatini toʻlash, kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish sharti bilan sotildi.
Bundan tashqari, quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdolarning birinchi bosqichida gʻoliblar aniqlanmaganligi hamda takliflar yetarli darajada shakllanmaganligi sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga chiqarildi.
Mazkur davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarida ishtirok etgan talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabarnomalar yuboriladi.
Oʻz navbatida, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha narx takliflarini koʻrib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan moʻljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etilgan.
Shuningdek, mazkur aktivlarning tavsiyaviy baholash qiymati 50 foizga pasaytirilgan holda inobatga olinadi.
Savdo jarayonining 2 bosqichiga oʻtgan don korxonasidagi davlat ulushi (aksiya paketi)
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 21-may soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi
T/r |
Davlat aktivining nomi |
Joylashgan hududi |
Davlat ulushi |
Lot raqami |
I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari |
||||
1 |
“Jizzax don mahsulotlari” AJ |
Jizzax viloyati, Jizzax shaxri |
94,4 |
9405205 |
2 |
“Zarbdor elevatori” AJ |
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani |
94,8 |
|
3 |
“Toshkent don maxsulotlari” AJ |
Toshkent shahri, Yashnobod tumani |
51,0 |
|
4 |
“Shoʻrchi don mahsulotlari” AJ |
Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani |
64,3 |
|
5 |
“Namangan don mahsulotlari” AJ |
Namangan viloyati, Namangan shahri |
51,0 |
|
6 |
“Don xalq rizqi” AJ |
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani |
88,4 |
|
7 |
“Xonqa don mahsulotlari” AJ |
Xorazm viloyati, |
67,5 |
|
II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari |
||||
8 |
“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Gʻuzor un” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 24-may soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi
T/r |
Davlat aktivining nomi |
Joylashgan hududi |
Davlat ulushi |
Lot raqami |
I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari |
||||
1 |
“Asaka don mahsulotlari”AJ |
Andijon viloyati, |
65,8 |
|
2 |
“Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari” AJ |
Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani |
79,3 |
|
3 |
“Koson don mahsulotlari qabul qilish” MCHJ |
Qashqadaryo viloyati, |
64,7 |
|
4 |
“Quva don mahsulotlari” AJ |
Fargʻona viloyati, |
51,0 |
|
5 |
“Xorazm don mahsulotlari” AJ |
Xorazm viloyati, Urganch tumani |
92,2 |
|
6 |
“Jomboy don mahsulotlari” AJ |
Samarqand viloyati, Jomboy tumani |
57,4 |
|
7 |
“Bogʻot don” AJ |
Xorazm viloyati, Bogʻot tumani |
65,5 |
|
II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari |
||||
8 |
“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Gʻuzor un” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
|
9 |
“Samarqanddon mahsulotlari” AJning “Nurobod don” filiali |
Samarqand viloyati, Nurobod tumani |
mulkiy majmua |