Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Iyul 2024

Endilikda kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari xususiylashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 17-iyuldagi “Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilar belgilanmoqda:

  • kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishini qabul qilish mexanizmlari;
  • investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan ishtirokchilariga berilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish tartibi;
  • kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida joylashgan davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatlari;
  • kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi investitsiya loyihalari hisobini yuritish boʻyicha alohida elektron dasturni ishga tushirilishi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida joylashgan kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish hamda davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

Hukumat komissiyasiga quyidagi vazifalar yuklanmoqda:

  • Toshkent shahrida joylashgan kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalarini shaharning ishlab chiqilayotgan bosh rejasiga muvofiqligini oʻrgangan holda koʻrib chiqadi;
  • investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishini qabul qiladi hamda davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

1114 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech