I. Davaktiv agentligining joriy yil 4-dekabrdagi “Avto Climate Control” MCHJning 100% davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv”) cotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Davaktiv agentligi talabgorlarni majburiyatga ega boʻlgan tijorat takliflarini tayyorlashda Aktivni moliya-xoʻjalik faoliyatini kompleks tahlil qilish uchun qoʻshimcha muddat berish toʻgʻrisidagi murojaatlariga muvofiq, xususiylashtirish boʻyicha konsultant "Portfolio Investments" kompaniyasining tavsiyasiga asosan, barcha talabgorlarga Aktivni sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish muddatini 2025-yil 5-fevral kuni soat 23:59ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Shu bilan birga, Konsultant tomonidan raqobat muhitini taʼminlash maqsadida savdo jarayonlariga yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish ishlari parallel ravishda amalga oshiriladi va Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Expression of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish davom ettiriladi.
Aktivni xususiylashtirish jarayonining Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi toʻgʻrisidagi avvalgi chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.
II. Davaktiv agentligining joriy yil 2-oktabrdagi “Invest Group Centre” MCHJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – “Aktiv”) ochiq savdo jarayonlari boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Davaktiv agentligi ushbu Aktivni xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Portfolio Investments” kompaniyasining taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilish, mazkur savdo bosqichida talab etiladigan hujjatlarni tayyorlanishiga koʻproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlarga “Invest Group Centre” MCHJdagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2025-yil 6-fevral kuni soat 23:59ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: munir.yakubov@piamg.uz
Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi avvalgi chop etilgan eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.
Diskleymer
Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi, uning Konsultantlari va Kompaniyani sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va uning Konsultantlari oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:
(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;
(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, uning Konsultantlari va Kompaniya tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;
(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.