Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Iyul 2024

“International” mehmonxonasini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Davaktiv agentligining joriy yil 27 maydagi “InterHotel” MChJdagi 100% davlat ulushini savdo jarayonlari boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi koʻplab salohiyatli investorlarni murojaatlarini inobatga olgan holda, xususiylashtirish boʻyicha konsultant Deloitte kompaniyasining taklifiga asosan, salohiyatli investorlar uchun aktivni yaxshiroq oʻrganish va mazkur savdo bosqichida talab etiladigan tegishli hujjatlarni tayyorlanishiga koʻproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini yanada shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “InterHotel” MChJdagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024 yil 15 iyul kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manzillariga yuborish lozim: jmamadjanov@deloitte.uz

Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.

522 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech