Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Mart 2023

“Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish uchun texnik konsultant jalb qilish toʻgʻrisida eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Davaktiv agentligi / Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Navoiyazot” AJni (keyingi oʻrinlarda – Aktiv / Kompaniya) xususiylashtirish strategiyasi va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) uchun Texnik konsultant (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb qilish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun soʻrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 28 mart kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlari soʻraladi.

Agar, birgalikda qoʻshma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy Konsultant koʻrsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari soʻraladi:

Shoxrux Oxunov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining departamenti boshligʻi;

Tel.: + 998-71-259-20-23; el.pochta: tender@davaktiv.uz;

Shoxabbos Abduazimov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining departamenti boshligʻi oʻrinbosari;

Tel.: + 998-71-259-20-91; el.pochta: tender@davaktiv.uz.

Loyiha doirasida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) strategik maslahatchi sifatida jalb etiladi, shuningdek moliyaviy, soliq va huquqiy kompleks tahlili oʻtkazish uchun Yetakchi konsultant jalb qilish bo'yicha alohida tanlov eʼlon qilingan.

Loyiha doirasida Texnik konsultantning vazifasiga Kompaniyaning texnik, ekologik va ijtimoiy faoliyati kompleks tahlilini oʻtkazish kiradi hamda Yetakchi konsultantga koʻmaklashadi.

Loyiha boʻyicha ishlar Texnik konsultant, IFC, Yetakchi konsultant, Buyurtmachi va Aktiv vakillari oʻrtasida yaqin hamkorlikda amalga oshirilishi kutilmoqda, zarur hollarda esa maʼlumotlar yigʻishda Aktiv jamoasiga amaliy koʻmaklashish va Aktivga tashrif buyurishlari mumkin.

Diskleymer

Mazkur soʻrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra, takliflar uchun ushbu soʻrovni eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʻliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish strategiyasi va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish boʻyicha kutilishi mumkin boʻlgan ishlar hajmi toʻgʻrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʻljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʻlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʻliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

Ushbu soʻrovnoma matni oʻzbek, rus va ingliz tillarida eʼlon qilingan, tafovutlar boʻlgan taqdirda matnning ingliz tilidagi versiyasi ustunlik qiladi.

 

“Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish yuzasidan Texnik konsultant uchun Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktyabrdagi “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini Strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-388-son Qaroriga muvofiq, jumladan, “Navoiyazot” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzkimesanoat” AJ va davlat ulushlarini xususiylashtirishga tayyorlash belgilangan. “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish Kompaniyani yaxlit holda xususiylashtirishni yoki Kompaniyaning ehtimoliy alohida mustaqil boʻlinmalarga boʻlgan holda va/yoki ishlab chiqarish zanjirlarini va/yoki mustaqil tajribali xususiy operator tomonidan boshqariladigan infratuzilma va xizmatlarini xususiylashtirishni nazarda tutishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagilarni bajarish belgilangan:

  • Texnik faoliyatini kompleks tahlili (due diligence)
  • Ekologik va ijtimoiy faoliyatini kompleks tahlili (due diligence)

Shu munosabat bilan, Davaktiv agentligi va Loyihaning Yetakchi konsultantiga yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishga koʻmaklashish uchun Davaktiv agentligi tomonidan ochiq tanlov asosida konsalting kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Texnik konsultant / Konsultant) jalb qilinadi.

Texnik konsultant quyidagi vazifalarni bajarish uchun Yetakchi konsultantga koʻmaklashadi:

  • Investorlar qiziqishini birlamchi oʻrganish (soft market sounding)
  • Yaxlit Kompaniya, shu jumladan ehtimoliy alohida mustaqil boʻlinmalarni va/yoki ishlab chiqarish zanjirlarni va/yoki infratuzilma va xizmatlarini sotib olishga boʻlgan investorlarning qiziqishini oʻrganish (primary market sounding)
  • Raqobatchilar bilan solishtirganda Kompaniya aktivlari qiymatining raqobatbardoshligini “benchmarking” usulida taqqoslash;
  • Xususiylashtirish (“Navoiyazot” AJ ustav kapitalidagi davlat va “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushlarini xususiylashtirish) strategiyasini va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish.

Kompaniyaning aktivlarini yaxlit, shuningdek ehtimoliy alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklarini va/yoki ishlab chiqarish zanjirlarini va/yoki infratuzilma va xizmatlarini xususiylashtirish quyidagi vazifalarni yechishga qaratilishi lozim:

  • Kompaniyaning operatsion samaradorligini va moliyaviy holatini yaxshilash;
  • infratuzilma, xizmatlar koʻrsatish va ishlab chiqarish boʻlinmalarini yanada barqaror rivojlantirish va modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy barqarorlik va “nou-xau” ekspertizasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • zamonaviy texnologiyalar, moliyaviy barqarorlik va “nou-xau” ekspertizasini joriy etish uchun hamda barqaror rivojlantirish va aktivlarni (infratuzilma, xizmatlar va ishlab chiqarish birliklarini) modernizatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • Davlat byudjetiga kreditlar boʻyicha asosiy qarz toʻlovlari, foizlar va soliq toʻlovini amalga oshirish uchun aktivlarning rentabellik salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish uchun mamlakatimizda xususiy investitsiyalar hajmini oshirish;
  • Moliyaviy, tabiiy va inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
  • Kompaniyaning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish va Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash.

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot

“Navoiyazot” AJ tabiiy gazni qayta ishlash hamda mineral oʻgʻitlar, oltin qazib oluvchilar uchun kimyoviy reagentlar va kam tonnali kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Oʻzbekistonning kimyo sohasidagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi.

“Navoiyazot” AJ Oʻzbekiston kimyoviy mahsulotlarining 30%dan ortigʻini ishlab chiqarib, “Oʻzkimyosanoat” aksionerlik aktivining baza segmentlaridan biri hisoblanadi hamda sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi, yoqilgʻi-energetika majmui, shuningdek xizmat sohasi, fan va taʼlimning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan.

“Navoiyazot” AJ tashqi savdo operatsiyalarida faol ishtirok etib, 2021-yil yakuniga koʻra Yevropa, Oʻrta Osiyo mamlakatlariga umumiy qiymati 6,9 mlrd. soʻmlik mahsulotlar eksportini amalga oshirgan. Shuningdek, 2021-yil yakuniga koʻra Kompaniya 3,1 trln. soʻm miqdoridagi sof tushumga, 6,2 mlrd. soʻm miqdoridagi sof foydaga, shuningdek 6,0 mlrd. soʻm miqdoridagi ustav kapitaliga ega.

Kompaniyaning markaziy ofisi Navoiy shahri, Mirobod tumani, A.Temur koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan.

Koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi:

Ushbu Loyiha doirasida Konsultant xizmatlarining koʻlami 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Amaldagi oʻzaro bogʻliq infratuzilmani, ishlab chiqarish jarayonlari va obyektlarni, umumiy xizmatlarni keyinchalik xususiylashtirish uchun alohida yuridik ishlab chiqarish birliklarga ajratishni zarurati va keyingi imkoniyatlari/maqsadga muvofiqligini baholash maqsadida, Kompaniyani Texnik faoliyatini kompleks tahlil qilish (due diligence) hamda ekologik va ijtimoiy faoliyatini baholash.

1. Texnik faoliyatini kompleks tahlili (due diligence):

1. Kompaniyaning xoʻjalik faoliyatini alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki infratuzilma va xizmatlarga qayta tashkil etishni zarurati va imkoniyati/maqsadga muvofiqligini baholash hamda texnik kompleks tahlili:

  1. butun texnologik jarayonni, foydalaniladigan uskunalarning ishlash samaradorligini, texnik holatini va eskirishini (amortizatsiya) kompleks oʻrganish;
  2. zavodning soʻnggi besh yildagi faoliyati koʻrsatgichlarini koʻrib chiqish va sharhlash — bunda ishlab chiqarishdagi har qanday jiddiy toʻxtalishlarning asosiy sabablarini aniqlash. Shuningdek, xom-ashyo yoki kommunal xizmatlar taʼminotidagi har qanday oʻtgan davrdagi tanqislik toʻgʻrisidagi sharhlar ham aks ettirish;
  3. har bir zavod uchun, boshqa oʻxshash korxonalar bilan taqqoslab, ishlab chiqarish tannarxini (asosiy eksport bozori uchun) koʻrib chiqish — bunda qoʻllaniladigan texnologiyalar, xom ashyo narxi, kommunal xarajatlar va masshtab kabi raqobatbardoshlik ustunliklarining / kamchiliklarining asosiy manbalarini aks ettirish;
  4. tarixiy kapital xarajatlarini koʻrib chiqish va texnik xizmat koʻrsatishga sarflangan tarixiy kapital xarajatlarining adekvatlik darajasini sharhlash, shuningdek, kelgusida rejalashtirilgan/byudjetda inobatga olingan kapital xarajatlarining adekvatlik darajasini sharhlash — bunda yaqin besh yil davomida zarur boʻlgan har qanday katta xarajatlarni koʻrsatish;
  5. texnologik jarayonni alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga boʻlish imkoniyatini baholash;
  6. har bir ishlab chiqarish birliklari, ishlab chiqarish zanjirlari guruhlari uchun infratuzilma hamda xomashyo va materiallar (bugʻ, elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqalar) taʼminoti boʻyicha oʻzaro bogʻliqlikni baholash va izohlash;

2. Umumiy infratuzilma va xizmatlarni baholash va texnik kompleks tahlili:

  1. umumiy infratuzilma va xizmatlar, shuningdek, yordamchi ijtimoiy obyektlarning holatini oʻrganish va baholash;
  2. infratuzilma obyektlari va uni qoʻllab-quvvatlovchi obyektlar hamda umumiy xizmatlar koʻrsatadigan obyektlarni qayta tashkil qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-oktyabrdagi PQ-388-son qarori asosida ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan ijtimoiy soha obyektlarini topshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

3. Texnik baholashning natijasi Texnik kompleks tahlili toʻgʻrisidagi hisobot boʻlib, unda quyidagilar kiritilish lozim:

  1. Kompaniyaning ishlab chiqarish birliklarining va zavodning har bir birligining texnik holatini umumiy baholash;
  2. texnologik birliklarning eskirish (amortizatsiya) darajasini baholash;
  3. infratuzilmaning joriy holatining tavsifi va Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish uchun infratuzilmani kengaytirish zaruriyatini baholash;
  4. operativ boshqaruv shartnomasi doirasida Kompaniyaning ishlab chiqarish birliklariga xizmat koʻrsatuvchi yuridik jihatdan alohida shaxs sifatida faoliyat yuritish uchun infratuzilma va xizmatlarning iqtisodiy va operatsion imkoniyatlarini baholash;
  5. Kompaniyaning xoʻjalik faoliyati boʻyicha qarorlari, jarayonlari va logistika operatsiyalari samaradorligini baholash hamda taʼminotchi va mijozlar bilan joriy biznes aloqalari samaradorligini baholash;
  6. xomashyo taʼminotining optimalligi va yetarliligini baholash;
  7. ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida, eng muhim va kapital talab etuvchi texnologik ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilish uchun investitsiya jalb qilinishiga boʻlgan ehtiyojlarni baholash;
  8. quyidagi ravishda birlashtirilgan va xususiylashtirilishi belgilangan qurilmalar va ishlab chiqarish zanjirlari/infratuzilmalari va xizmatlarning optimal ravishda guruhlanishi:
    • ammiak ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalar guruhi, III liniya;
    • mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalar guruhi;
    • organik sintez va nitron tolasini ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalar guruhi;
    • KS va KKM (kaustik soda va kichik tonnali kimyo mahsulotlari) ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalar guruhi;
    • polivinilxlorid (PVX), kaustik soda (KS) va metanol (M) ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalar guruhi;
    • ammiak va karbamid ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalar guruhi;
    • zavodning boshqa asosiy boʻlinmalari, shuningdek yordamchi sexlar;
    • infratuzilma va xizmatlar.

Texnik konsultantning tegishli xususiylashtirish strategiyasi boʻyicha tavsiyalari potensial risklar, ekologik va ijtimoiy yoʻnalishdagi risklarni kamaytirish yuzasidan choralarni (misol uchun, xodimlar soni, jamoaviy bitimlar va boshqalar) oʻz ichiga olishi lozim.

2. Ekologik va ijtimoiy faoliyatini kompleks tahlili (due diligence):

1. Ekologik va ijtimoiy kompleks tahlili (ESDD) Tyexnik kompleks tahlili bilan kelishilgan holda quyidagilarga yoʻnaltirilishi lozim:

  1. Milliy qonunchilikka va ruxsat berish talablariga nisbatan qoʻllaniladigan ekologik va ijtimoiy talablarga, shuningdek, birgalikda “Qoʻllaniladigan standartlar” deb ataladigan xalqaro miqyosda tan olingan standartlarga muvofiq Kompaniyani baholash.
  2. Loyihaga taʼsir etuvchi tegishli mintaqaviy va strategik ekologik va ijtimoiy tadqiqotlarni aniqlash va baholash;
  3. ekologik va ijtimoiy menejment boʻyicha mavjud tizimlar, siyosatlar va amaliyotlarni koʻrib chiqish;
  4. muhim ekologik va ijtimoiy muammolarni aniqlash, shu jumladan (ular bilan cheklanmagan holda): i) mavjud taʼsirni baholash va ularni yumshatishning choralari; ii) mehnat va mehnat sharoitlari, shu jumladan OHS amaliyotlari; iii) taʼminot zanjiri boshqaruvi; iv) oqava suvlarning ifloslanishi va chiqindilarini nazorat qilish; v) resurslar va suvdan foydalanish; vi) xavfli materiallar va chiqindilarni boshqarish; vii) issiqxona gazlari ajratmalari; viii) yongʻinlar va favqulodda vaziyatlarga chora koʻrish, shu jumladan bunday hollarda aholi xavfsizligi; ix) mahsulotlar transportirovkasidagi risklar; x) xavfsizlikni boshqarish; xi) manfaatdor tomonlarning oʻzaro hamkorligi, shu jumladan shikoyatlarni boshqarish.
  5. tuproq va/yoki yer osti suvlarning potensial ifloslanishi, jamoatchilik shikoyatlari, sud jarayonlari kabi oʻtgan davrdagi ekologik va ijtimoiy muammolarni oʻrganish;
  6. Kompaniyani xususiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan joriy va kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ekologik va ijtimoiy taʼsirlar hamda risklarni umumlashtirish. Bu infratuzilma/tegishli obyektlarning mavjud va zarur rivojlanishini oʻz ichiga olishi kerak;
  7. xodimlarni sonini qisqartirish va xodimlarni boshqarishga barqaror yondashuvni baholash va belgilash. Hozirgi davrdagi 9000 nafar xodimlar sonini inobatga olgan holda, ishdan boʻshatish natijasida yuzaga keladigan restrukturizatsiya risklari va oqibatlari potensial yuqori boʻlib, ularni minimallashtirish boʻyicha strategiyalarni taklif qilish zarur;
  8. sektor uchun mavjud boʻlgan eng yaxshi texnologiyalarga (EU IPPC BREF) muvofiq, chiqindilar va energiya talablari boʻyicha eng yaxshi sanoat amaliyotini taqdim etish orqali texnologik jarayonlarni tahlil qilish. Baholash natijalariga koʻra, texnik kompleks tahlili davomida aniqlangan xulosalar bilan birgalikda dastlabki investitsiya rejasini taqdim etish;
  9. potensial ekologik imkoniyatlarni yoki joriy faoliyatni yaxshilash uchun salohiyatni aniqlash, ular quyidagilarga tasniflanishi mumkin:
    • iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish (issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish);
    • iqlim oʻzgarishiga moslashish (iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish);
    • boshqa ekologik imtiyozlar (shu jumladan, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, hududiy ifloslanishni kamaytirish, chidamlilikni oshirish va ekotizimni tiklash).

2. Mavjud taʼminot zanjirlarini va pudratchilarni boshqarishni (masalan, asosiy materiallar va resurslar, shu jumladan energiya taʼminotchilari) tahlil qilish hamda tegishli ekologik, ijtimoiy, mehnat va/yoki reputatsion muammolarni aniqlash.

3. Asosiy manfaatdor tomonlar guruhlarini va ular bilan hamkorlik qilish boʻyicha joriy faoliyatni aniqlash. Oʻtgan davrdagi jamoatchilik tomonidan berilgan sharhlar, shikoyatlar va savollarga javoblarni koʻrib chiqish.

4. Har qanday qoʻshimcha tadqiqotlar (risklar sonini baholash, foydalanishga yaroqlilik darajasini oʻrganish, 2-bosqichda ifloslanish darajasini baholash, atrof-muhit va ijtimoiy taʼsirni baholash, biologik xilma-xillikni baholash va boshqalar) oʻtkazish zaruriyatini belgilash.

5. ESDD uchun “Qoʻllaniladigan standartlar” quyidagilardan iborat:

  1. atrof-muhitni muhofaza qilish, sogʻlikni saqlash, xavfsizlik va ijtimoiy (EHSS) sohalardagi milliy qonunlar va normativ hujjatlar, shu jumladan ruxsat olish talablari;
  2. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan tegishli xalqaro konvensiyalar va bayonnomalar;
  3. Xalqaro moliya korporatsiyasining faoliyat yuritish standartlari (IFC PSs, 2012) yoki taraqqiyot banklari tomonidan qabul qilingan E&S sohasidagi taqqoslanadigan standartlar va talablar;
  4. Ekvator IV prinsiplari (2020);
  5. Rasmiy qoʻllab-quvvatlanadigan eksport kreditlari hamda ekologik va ijtimoiy jihatdan ehtiyotkorlik darajasi uchun OECD umumiy yondashuvlari (2016) (“Umumiy yondashuvlar”).

6. ESDD hujjatlarni koʻrib chiqish va obyektga tashrif buyurish asosida amalga oshirilishi lozim, bu obyekt tomonidan bevosita va bilvosita taʼsir koʻrsatadigan tegishli hududlarni vizual kuzatish, ekologik va ijtimoiy masalalarini muhokama qilish va har qanday qoʻshimcha maʼlumotlarni olish uchun obyekt bilan bogʻliq boʻlgan tegishli shaxslar / tashkilotlar bilan uchrashuvlarni oʻz ichiga olishi lozim.

7. ESDD hisoboti ekologik va ijtimoiy aspektlarni batafsil koʻrib chiqish natijalari va xulosalarini aniq koʻrsatishi va kamida quyidagi asosiy komponentlarni oʻz ichiga olishi lozim:

  1. asosiy aktivlar va ular bilan bogʻliq yordamchi obyektlar tavsifi;
  2. qoʻllaniladigan standartlarini sharhi va mahalliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar oʻrtasidagi asosiy tafovutlarni aniqlash;
  3. mahalliy EHSS ruxsatnomalarning holati va muddati tugamagan ruxsatnomalar/litsenziyalarni aniqlash;
  4. yuqori darajadagi ekologik va ijtimoiy baholash;
  5. ekologik va ijtimoiy standartlarga muvofiqligini tekshirish;
  6. “BAT” boʻyicha baholash;
  7. ekologik va ijtimoiy harakatlar rejasi (ESAP)

3. Investorlar qiziqishini oʻrganish (market sounding):

1. Zaruratga koʻra, Texnik konsultant Yetakchi konsultant tomonidan belgilanadigan quyidagi vazifalarni bajarilishida amaliy yordam koʻrsatadi:

  1. mintaqaviy va xalqaro strategik investorlardan Kompaniyani yaxlit va/yoki alohida ishlab chiqarish boʻlinmalari va/yoki ishlab chiqarish zanjirlari va/yoki infratuzilma va xizmatlar koʻrinishida sotib olish uchun talab qilinadigan qiziqish va shartlarni baholash;
  2. manfaatdor investorlardan olingan javoblar asosida sotishning indikativ qiymatini tahlil qilish;
  3. istiqbolli investorlar sonini koʻpaytirish va baholashni sifatli amalga oshirish maqsadida zarur boʻlgan muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida izohlar taqdim etish.

2. Kompleks tahlil (texnik, moliyaviy, huquqiy) boʻyicha amalga oshirilgan barcha ishlar xulosalari Yetakchi maslahatchi tomonidan taqdim etiladigan hisobotda keltiriladi, unda quyidagi masalalar aks ettirilishi lozim:

  1. Kompaniyaning rivojlanish strategiyasi boʻyicha tavsiyalar;
  2. Kompaniyaning yaxlit yoki aktivlarning ehtimoliy boʻlish, shuningdek, ishlab chiqarish birliklari va ishlab chiqarish zanjirlari va/yoki infratuzilma va xizmatlarni ehtimoliy birlashtirish yuzasidan rivojlanish strategiyasi boʻyicha tavsiyalar;
  3. Investorlar qiziqishini oʻrganish natijalarini inobatga olgan holda, ishlab chiqarish birliklari va ishlab chiqarish zanjirlari va/yoki infratuzilma va xizmatlarning har bir guruhini investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  4. mavjud kreditlar va kredit liniyalari (jumladan, davlat tomonidan kafolatlangan) boʻyicha tavsiyalar, shu jumladan ularni tarkibiy oʻzgartirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish.

Texnik maslahatchi texnik kompleks tahlili hisobotining asosiy xulosalarini oʻz ichiga olgan hisobotni ishlab chiqishda Yetakchi konsultant bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

2-bosqich: Kompaniyani xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish:

1. Birinchi bosqich natijalariga koʻra, Texnik konsultant Kompaniyani yanada rivojlantirish va xususiylashtirish strategiyasi boʻyicha yondashuvini hamda quyidagi masalalarni aks ettiruvchi “yoʻl xaritasi”ni taklif qilish yuzasidan Yetakchi konsultantga koʻmaklashadi:

  1. Kompaniyani rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  2. asosiy bosqichlarni, ularning ketma-ketligi va taxminiy muddatlarini aniqlash;
  3. “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish va/yoki konsessiyaga berish usullari boʻyicha tavsiyalar: yaxlit Kompaniyani va/yoki ishlab chiqarish birliklari/ishlab chiqarish zanjirlarining alohida guruhlarini hamda infratuzilma va xizmatlarini. Har bir usul uchun tanlangan usulning maqsadga muvofiqligini asoslash, shuningdek sotish diapazoni/indikativ narx qiymatini hisobini taqdim etish;
  4. Jarayonining boshidan oxirigacha aktivlarni va infratuzilmalarni boshqarish tuzilmasini aniqlash (investorga topshirishdan oldin kim va qanday boshqaradi);
  5. Rentabelligi past boʻlgan ishlab chiqarish obyektlarini (shu jumladan, xususiylashtirishi mumkin boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlari) boshqarish yoki tugatish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  6. Aktivlarni xususiylashtirishga ruxsat beruvchi qonunchilik bazasiga ehtimoliy oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha tavsiyalar (zarurat tugʻilganda);
  7. 1-bosqichda aniqlangan asosiy ekologik va ijtimoiy muammolarni yechish boʻyicha tavsiyalar;
  8. Agar Yetakchi konsultant tomonidan IPO orqali sotish tavsiya etilgan taqdirda, Konsultantning taklifi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
    • IPO doirasida sotiladigan har bir kompaniya aksiyalari paketi hajmi va IPO oʻtkazish uchun fond birjasi boʻyicha aniq tavsiyalar taqdim etish;
    • Kompaniyani raqobat muhitiga olib kirishda Kompaniyaning qiymati va boshqa taqqoslanadigan kompaniyalarning qiyosiy qiymatini inobatga olgan holda sotish narxiga belgilangan potensial mukofot/ chegirma miqdorini aniqlash boʻyicha tavsiyalar;
    • Shu kabi kompaniyalarning soʻnggi roʻyxatlarini oʻrganish orqali IPO uchun potensial bozor talabini koʻrib chiqish.

2. Agar taklif etilayotgan Kompaniyani xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqarish birliklari/ishlab chiqarish zanjirlarining guruhlaridan iborat boʻlsa, ushbu taklifda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

  1. Kompaniyani investorlar uchun sodda va tushunarli boʻlgan ishlab chiqarish boʻlinmalari/ishlab chiqarish birliklari/ishlab chiqarish zanjirlari guruhlariga boʻlish boʻyicha harakatlar rejasi;
  2. umumiy infratuzilma va xizmatlar bilan bogʻliq aktivlarni taqsimlash hamda ishlab chiqarish birliklari va/yoki ishlab chiqarish zanjirlari guruhlari bilan keyingi oʻzaro hamkorlik boʻyicha tavsiyalar;
  3. ijtimoiy obyektlarni boshqarish va/yoki oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar.

3. Tahlil qilish jarayonida tanlangan xususiylashtirish (yoki ishlab chiqarish birliklari/ishlab chiqarish zanjirlari guruhlarini, yoki yaxlit Kompaniyani) strategiyasidan kelib chiqib, aktivlarning narx parametrlari oraligʻini aniqlash lozim.

4. Texnik konsultantning tegishli xususiylashtirish strategiyalari boʻyicha tavsiyalari potensial risklarni hamda ekologik va ijtimoiy risklarni kamaytirish choralarini (masalan, xodimlar soni, jamoaviy bitimlar va boshqalar bilan bogʻliq masalalar) oʻz ichiga olishi lozim.

5. Agar aktivlar xususiylashtirishga tayyor emas deb qaror qabul qilinsa, Konsultant quyidagilarni aks ettiruvchi yoʻl xaritani ishlab chiqishi lozim:

  1. aktivlarni sotuvga tayyor emasligi haqidagi xulosani asoslash, shu jumladan moliyaviy holatni tahlil qilish, soliq, huquqiy, tijorat, operatsion va/yoki ekologik risklarning mavjudligini aniqlash;
  2. asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlar, shu jumladan asosiy aktivdan alohida sotilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy obyektlar boʻyicha tavsiyalar;
  3. aktivlarning moliyaviy holatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar;
  4. aktivlarni xususiylashtirishga ruxsat beruvchi qonunchilik bazasiga ehtimoliy oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha tavsiyalar (zarurat tugʻilganda bunda Yetakchi konsultantga koʻmaklashish);
  5. Yetakchi konsultant aktivga egalik qilish xarajatlari va byudjetlari asosida aktivni davlat mulkida saqlanib qolinishini iqtisodiy taʼsiri hisobini, shuningdek, Kompaniyani uzoq/oʻrta muddatda xususiylashtirish mumkin emasligini asoslantiradigan sabablarini taqdim etishi lozim;
  6. Texnik konsultant zarurat tugʻilganda yuqoridagi vazifalarni bajarilishida koʻmaklashadi.

Oraliq hisobot va kommunikatsiya:

Texnik konsultant oʻz vazifalarini bajarish davomida Loyihaga jalb qilingan Loyiha qoʻmitasi aʼzolari va boshqa tegishli tomonlar bilan doimiy aloqada boʻlishi va oʻzaro hamkorlik qilishi lozim.

Har bir bosqich uchun belgilangan barcha oraliq va yakuniy belgilangan muddatlarda topshirilishi hamda Loyiha qoʻmitasi aʼzolari tomonidan maqbul deb topilgan standartga ega boʻlishi lozim.

Texnik konsultant Kompaniya hududiga tashriflarini Loyiha qoʻmitasining tegishli aʼzolari bilan kelishadi. Bajarilayotgan ishlarni monitoring qilish jarayonida Loyiha qoʻmitasi Loyihaga va Loyiha bajarilishiga tegishli har qanday va barcha maʼlumotlarni soʻrash huquqiga ega va Texnik konsultant oʻz oʻrnida ularni zudlik bilan taqdim etishi zarur.

Texnik konsultant loyiha qoʻmitasi tomonidan oʻziga yuklatilgan/topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun noloyiq yoki boshqa jihatdan qoniqarsiz deb topilgan jamoa aʼzosini zudlik bilan almashtirishi lozim. Shu bilan birga, xodimlarni almashtirish zarurati Texnik konsultantga natijalarni taqdim qilish muddatlarini uzaytirish huquqini bermaydi.

Kutilayotgan natija:

Texnik kompleks tahlili toʻgʻrisidagi  hisobot “PDF” formatida (tahrirlash imkoniyati bilan) rus va ingliz tillarida taqdim etiladi.

Barcha yakuniy hujjatlar, materiallar va amalga oshirilgan ishlar natijalari Loyiha qoʻmitasi aʼzolari tomonidan tasdiqlanishi lozim va undan soʻng yakuniy/tugallangan hisoblanadi. Davaktiv agentligi amalga oshirilgan ishlar natijasi boʻyicha 10 ish kuni ichida ingliz yoki rus tillarida yozma izoh berish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Texnik konsultant barcha materiallarga nisbatan quyidagi koʻrsatmalarga amal qilishi lozim:

  • Ular texnik jihatdan toʻgʻri boʻlishi hamda dasturlash, grammatik, orfografik va hisob-kitob xatolaridan xolis boʻlishi lozim;
  • Texnik konsultant tomonidan ishlab chiqilgan taqdimot materiallarida xulosa va hisobotlarni har bir slaydda yagona maʼlumot bilan (mavjud boʻlgan taqdirda) aniq va qisqa bayon qilishi lozim;
  • Har qanday maʼlumotlar va/yoki hisob-kitoblar “Microsoft Excel” (makroslar ishlatilmagan holda) formatida rus va ingliz tillarida taqdim etilishi lozim;
  • Agar fayllar yoki dasturiy taʼminotning ayrim qismlari tasodifiy oʻzgarishlarning oldini olish yoki asosiy parametrlarni/hisob-kitoblarni himoya qilish uchun berkitilishi (qulflanishi) zarur boʻlsa, ularning parollari/ruxsatnomalari Davaktiv agentligi va Loyiha qoʻmitasi aʼzolariga taqdim etilishi lozim;
  • Yozma materiallar va vositalar koʻrinishidagi barcha maʼlumotlar elektron shaklda taqdim etilishi kerak. Elektron shakllari cheklovlarsiz tahrirlanishi va oʻqilishi lozim.

Konsultantga qoʻyiladigan malakaviy talablar:

1. Loyiha doirasida xizmatlarni koʻrsatish uchun Texnik konsultant jalb qilingan mutaxassislar va bajarilgan ishlar (xizmatlar) roʻyxatini taqdim etishi lozim.

2. Texnik konsultant kimyo va oʻgʻitlar tarmoqlari uchun texnik konsalting sohasida yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri boʻlishi lozim.

3. Xizmatlarni koʻrsatish uchun Texnik konsultant, uning jamoasi aʼzolari yoki konsorsium xizmatlar bozorida va sanoatda tegishli tajribaga ega boʻlishi lozim, jumladan:

  1. kimyo va oʻgʻitlar sohasida mavjud zavodlar yoki qurilayotgan yangi zavodlardagi bitimlar/investitsiyalarni texnik kompleks tahlilini oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan tajriba, shuningdek investitsiya tezislari va rejalarini ishlab chiqishdagi tajriba;
  2. Texnik konsultantning loyiha jamoasining rahbarlari kimyo va oʻgʻitlar tarmoqlarida, shu jumladan oʻgʻit va kimyoviy moddalar ishlab chiqarish sohasida kamida 15 yillik tegishli tajribaga ega hamda ushbu narx zanjirlarini yaratishda ilgʻor bilimga ega boʻlgan soha mutaxassislaridan iborat boʻlishi kerak;
  3. Texnik konsultantning loyiha jamoasi aʼzolari kamida 10 yillik tajribaga ega boʻlgan va tegishli fanlar (masalan, kimyo muhandisligi) boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan katta sanoat mutaxassislarini oʻz ichiga olishi kerak;
  4. Texnik konsultantning jamoasi Oʻzbekiston Respublikasida yoki MDH davlatlarida tegishli konsalting xizmatlarini koʻrsatish tajribasiga ega boʻlishi kerak.

4. Texnik konsultantning ish tajribasi koʻrsatilgan xizmatlarning qisqacha tavsifi bilan tasdiqlanishi va Texnik konsultantning bosh supervayzori tomonidan imzolanishi kerak. Xalqaro tarmoqqa aʼzo boʻlgan kompaniyalar uchun Konsultant bilan yagona xalqaro tarmoqqa aʼzolik tamoyili boʻyicha afillangan bir necha yuridik shaxslarning ish tajribasini koʻrsatishga ruxsat beriladi.

5. Loyiha jamoasining kasbiy malakasi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi: mutaxassislarning maʼlumotnomasi (rezyume), diplom va/yoki sertifikatlar va/yoki guvohnomalar nusxalari yoki internet resurslaridan koʻchirma nusxalari (zaruratga koʻra).

6. Texnik konsultant texnik topshiriqni bajarish uchun subpudratchi jalb qilish va/yoki konsorsium tuzish huquqiga ega, biroq barcha vazifalarni bajarish uchun masʼuliyat Texnik konsultantga yuklatiladi. Ishga jalb qilingan subpudratchilarning xodimlar roʻyxati va maʼlumotnomalari (rezyume) Texnik konsultantning tijorat taklifiga kiritiladi va shartnoma tuzilgandan soʻng oʻzgartirilishi mumkin emas.

Loyihani bajarish muddati:

Shartnoma imzolangan kundan boshlab 6-8 oy.

Davaktiv agentligi tomonidan taqdim etiladigan maxsus materiallar:

Ushbu Loyihani amalga oshirish davomida Davaktiv agentligi Yetakchi maslahatchiga quyidagilarni taqdim etish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi:

  • Davaktiv agentligi jamoasi Loyihani amalga oshirish davomida tegishli koʻrsatmalar bilan Konsultantni taʼminlashi, Texnik konsultant bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi lozim. Texnik  konsultant doimiy va muntazam aloqada boʻlishi hamda ish jarayonini oʻrganib borish uchun Davaktiv agentligi bilan qoʻngʻiroqlarni amalga oshirib borishi zarur;
  • Oʻgʻitlar bilan bogʻliq avvalgi loyihalarning hujjatlari – Davaktiv agentligi jamoasi oʻz tasarrufidagi barcha tegishli (maxfiy boʻlmagan) hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim;
  • Birlamchi maʼlumotlar imkoniyatlardan kelib chiqib uch tildan birida – oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

Alohida shartlar/maxfiylik:

Loyiha maʼlumotlarni toʻplash uchun bevosita mamlakatda boʻlishni, suhbatlar oʻtkazishni, oraliq xulosalarni Loyiha qoʻmitasi jamoasiga taqdim etishni hamda turli jamoalar va hamkorlarga yakuniy tavsiyalar yozishni talab qiladi. Texnik konsultant Loyihani bajarish doirasida bevosita mamlakat hududida tahlil oʻtkazish uchun kerakli mutaxassislarni safarbar qilish qobiliyatini namoyish qilishi lozim.

Davaktiv agentligi barcha maʼlumotlar, hisobotlar va boshqa natijalarga boʻlgan egalik huquqini toʻliqligicha va faqatgina oʻzida saqlab qoladi va Davaktiv agentligi mulki hisoblanadi. Mazkur Loyiha doirasida Davaktiv agentligi, XMK (IFC), JB va boshqa tegishli manfaatdor tomonlar tomonidan olingan barcha maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi va faqat ushbu Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP) doirasida foydalaniladi.

2406 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech