Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Dekabr 2020

"Ko'chmas mulk bozorini rivojlantirish muammolari va O'zbekistonda multisting ta'mirlash tizimlarini yaratish" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi

Joriy yilning 22 dekabr kuni Davaktiv agentligi Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi bilan birgalikda va manfaatdor tashkilotlar ishtirokida “Ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish muammolari va O‘zbekistonda multilisting tizimlarini yaratish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Davaktiv agentligi, Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi, Rieltorlik tashkilotlar Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston rieltorlar Gildiyasi, taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot hamda rieltorlik tashkilotlari vakillari, AQSH va Rossiya Federatsiyasi rieltorlari ishtirok etib, unda O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori va rieltorlik faoliyati sohasidagi bugungi holat, mavjud muammolar va ularning yechimi hamda horijiy tajribadan kelib chiqib, ko‘chmas mulk bozorida bitimlar tuzish bo‘yicha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish imkonini beruvchi multilisting tizimini (MLS) yaratish va uni amaliyotga joriy etish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. Seminarda jumladan:

zamonaviy ko‘chmas mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyotda yashirin aylanma ulushini qisqartirish, ko‘chmas mulk narxining shaffofligini taʼminlash hamda bozor ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida, ko‘chmas mulk obyektlari bilan bitimlar tuzishda multilisting tizimini (MLS) amaliyotga joriy etish zarurligi; rieltorlik faoliyatini yana-da takomillashtirish maqsadida sohadagi professional jamoat birlashmalari o‘rnini oshirish, ular tomonidan rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksini tasdiqlash, rieltorlarning reytingi yuritish, faoliyatga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, jamoat birlashmalari aʼzolari tomonidan rieltorlik xizmatlarining milliy standartlariga, sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishilishi ustidan nazoratni kuchaytirish kerakligi;

huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda ko‘chmas mulk bozorida rieltorlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash, ularga qonunchilik talablari asosida faoliyat yuritish bo‘yicha teshli tushintirish berish va ushbu faoliyatni ular tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshirish yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot qiluvchi “video roliklar”ni yaratish maqsadga muvofiqligi;

professional jamoat birlashmalariga aʼzo bo‘lgan rieltorlik tashkilotlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish (JFODL/TM/OQQTMQK) bo‘yicha tasdiqlangan ichki nazorat qoidalari talablariga doimiy ravishda rioya etilishi yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etishi zarurligi; mamlakatimizda 2021 yildan buyon rieltorlik tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi bekor qilinib, sohani tartibga solishda o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmi joriy etilganligi bois, xorijiy tajribadan kelib chiqib, professional jamoat birlashmalarini Davaktiv agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazish talabi joriy etilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda rieltorlik tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatishda ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish masalalari va respublikaning barcha hududlarida rieltorlik faoliyati uchun kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishga oid qo‘shimcha fikrlar bildirildi. Ilmiy-amaliy seminar yakuniga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorida hamda rieltorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar, ularning yechimi va soxani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, hamda milliy multilisting tizimini yaratish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

618 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech