Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Fevral 2023

“Angren pipe plant” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv agentligi) “Angren Pipe plant” MChJ (keyingi oʻrinlarda - Korxona) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 19,2 mln. AQSH dollariga (217,5 mlrd.soʻm, 14.02.2023 yil holatidagi Markaziy bankning valyutalar kurslari boʻyicha) “Natural Juice” MChJ ва “Gross” AJ sugʻurta kompaniyasi konsorsiumiga (keyingi oʻrinlarda - Xaridor) sotish boʻyicha kelishuvga erishilganligini maʼlum qiladi.

Korxona aksiya paketini xususiylashtirish boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro jarayon natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

Bunda, Davaktiv agentligi tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida “Portfolio Investments” MChJ (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida jalb etilgan va Korxonani mustaqil baholash “Baholash va konsalting markazi” MChJ tomonidan amalga oshirilgan.

Konsultant va Davaktiv agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng koʻlamli marketing ishlari amalga oshirilgan, jumladan investitsiya tizerlari konsultantning investorlar tarmogʻi orqali turli xorijiy investorlarga (investor sounding) yuborilgan.

Natijada Yevropa, MDH va Oʻzbekistondagi investorlardan sotib olish boʻyicha qiziqish toʻgʻrisida 5 ta talabgorlardan arizalar (Express of Interest) kelib tushgan. Talabgorlar xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishini taʼqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi hamda Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmaganligi yuzasidan oʻrganilgan.

Bundan tashqari, Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO)ni tayyorlash doirasida, belgilangan malaka mezonlariga muvofiq boʻlgan 4 ta talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA) imzolanib, ularga Korxonani oʻzlari tomonidan kompleks tahlil (due diligence) oʻtkazish, shuningdek Konsultant tomonidan tayyorlangan hamda virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ga joylangan Korxonaning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati yuzasidan tahliliy hisobotlar bilan tanishish imkoniyati berildi.

Shunga koʻra, eng yaxshi majburiyatga ega boʻlgan taklif “Natural Juice” MChJ ва “Gross” AJ sugʻurta kompaniyasi konsorsiumi tomonidan taqdim etilgan va uning narx taklifi Konsultant tomonidan hisoblangan Korxonaning indikativ narxlar parametrlari oraligʻida joylashgan hamda Korxonaning baholangan qiymatidan yuqori.

Maʼlumot uchun:

“Gross” AJ sugʻurta kompaniyasi 2011-yildan boshlab barcha 17 sugʻurta toifalari boʻyicha faoliyat yuritib kelmoqda. Gross jamoasi 450 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislardan iborat. Respublika boʻyicha 80 dan ortiq filiallar faoliyat koʻrsatib, ixtiyoriy va majburiy shakllardagi barcha 17 sugʻurta toifalari boʻyicha 100 dan ortiq turdagi sugʻurta mahsulotlarini taqdim etmoqda.

"Angren Pipe plant" MChJ – Oʻzbekistonda turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqaruvchi korxona boʻlib, quvvati yiliga 8 000 tonnani tashkil etadi. Asosiy xom ashyo Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik togʻ-kon va qayta ishlash korxonalaridan biri boʻlgan “Olmaliq KMK” AJ tomonidan asosiy metall tarkibi 99,99% (GOST 546) boʻlgan katodli mis yetkazib beriladi. Kompaniyaning Markaziy ofisi Toshkent viloyati, Angren shahar, Ohangaron koʻchasida joylashgan. Korxona 2013-yildan tijorat faoliyatini boshlagan.

2038 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech