Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Dekabr 2022

"Chinoz neftni qayta ishlash zavodi" MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Davaktiv agentligining joriy yil 24 noyabrdagi Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib olish bo‘yicha tanlov eʼloniga muvofiq quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi salohiyatli investorlarga aktivni yaxshiroq o‘rganish va jarayon ishtirokida malakaviy tayyorlanishga ko‘proq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini yana-da shaffof va raqobat muhitida o‘tkazish hamda qo‘shimcha salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatini 2023 yil 12 yanvar kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Avval maʼlum qilinganidekMosaic Financial kompaniyasi ushbu Bitim yuzasidan Agentlikning xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchisi sifatida jalb qilingan.

Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manzillariga yuborish lozim: iskandar.bakhromov@mosaic-financial.com

Qo‘shimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.

1794 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech