Davaktiv agentligining joriy yil 17-iyuldagi “Uz-Koram Kompani” MChJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Davaktiv agentligi koʻplab salohiyatli investorlarni murojaatlarini inobatga olgan holda, xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Portfolio Investments” kompaniyasining taklifiga asosan, salohiyatli investorlar uchun aktivni yaxshiroq oʻrganish va mazkur savdo bosqichida talab etiladigan tegishli hujjatlarni tayyorlanishiga koʻproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini yanada shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “Uz-Koram Kompani” MChJdagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024-yil 4-sentabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: munir.yakubov@piamg.uz
Avvalgi chop etilgan Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.