Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Mart 2024

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki nigohida: Yangi “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun

YouTube orqali ko'rish uchun havola

Matn:

2018-2021 yillar oralig‘ida Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YeTTB) yangi “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunni ishlab chiqilishida Davaktiv agentligi bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatdi. Mazkur Qonun nihoyat avvalo Parlament va Senat tomonidan, so‘ngra Prezident Farmoni bilan ma’qullanganidan juda mamnunmiz.

Ishonamizki, mazkur Qonun mamlakatda xususiylashtirish jarayonini takomillashtirishga, uning shaffofligini va investorlarning ishonchini oshirishga yordam beradi. Qonunning bizni xursand qiladigan asosiy qismlaridan biri shundaki, Qonunda raqobatbardosh savdo jarayoniga urgʻu berilgan. Oʻz tarixi davomida YeTTB 40 ta davlatlarda ishlagan hamda ularning aksariyati rivojlanish va oʻtish davrining dastlabki va oʻrta bosqichlarida boʻlgan. Bizning tajribamiz shuni koʻrsatadiki, aynan ushbu raqobatbardosh jarayon eng yaxshi xaridorlarni topish, eng yuqori sotish narxiga erishish hamda mamlakat va fuqarolar uchun maksimal foyda olish imkonini yaratadi.

Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, ushbu Qonun nafaqat oʻta muhim ahamiyatga ega, balki Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun juda zarur va muhim boʻlgan mahalliy va xorijiy xususiy sarmoyalarni koʻproq jalb yetishga salmoqli hissa qoʻshadi.

Andi Aranitasi,
YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va rahbari

885 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech