Ру Ўз O'z En

Faoliyat yo‘nalishi

Davlat ishtirokidagi korxonalar ijro organlari faoliyatining shaffofligini, samaradorligini, rentabelligini baholash va korxonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida, boshqarmaning faoliyat yo‘nalishi quyidagilardan iborat:

  • davlat ishtirokidagi korxonalarda faoliyat samaradorligini baholash mezonlarining joriy etilishini ta’minlash hamda uning joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • samaradorligining muhim ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda - SMK) monitoringini yuritish hamda monitoring natijalari asosida, noto‘g‘ri ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlari aniqlangan taqdirda korxonaga xabarnoma yuborish;
  • SMKning prognoz (maqsadli) ko‘rsatkichlari har bir chorak uchun korxonaning yillik biznes-rejasida, alohida ilova sifatida aks ettirilishini ta’minlash;
  • barcha SMK bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan samaradorlikning yig‘indi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va ketma-ket ikki chorak mobaynida faoliyati qoniqarsiz yoki past darajada bo‘lgan korxonalar ijroiya organi a’zolariga ustamalar belgilashga, mukofot puli va boshqa moddiy rag‘batlantirishlar to‘lashga yo‘l qo‘ymaslik, hamda ijro organi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tashabbusi bilan chiqish;
  • ijroiya organ faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini taminlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirishga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Agentlik veb-saytida SMK, samaradorlikning yig‘indi ko‘rsatkichi va ularning bajarilish foizlari haqidagi yig‘ma ma’lumotlarning e’lon qilinishini ta’minlash.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech