Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Iyul 2024

1-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

364 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 82,5 mlrd so'm bo'lgan 1 446 ta lot 97,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 37 ta
  • boshlang'ich narxi 43,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 50,9 mlrd so‘m
Namangan viloyati Mingbuloq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 295,8 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi bino-inshootlari 621,2 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 5 ta
  • boshlang'ich narxi 5,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,1 mlrd so‘m
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 24 ta
  • boshlang'ich narxi 618 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 107,9 mln so‘m bo‘lgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filiali balansidagi bino 118,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 204 ta
  • boshlang'ich narxi 6,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 19,7 ga
Toshkent viloyati Qibray tumanidan boshlang‘ich narxi 136,4 mln so‘m bo‘lgan sport-sog‘lomlashtirish markazlari qurish uchun 13 sotix yеr uchastkasi 654,5 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 986 ta
  • boshlang'ich narx 1,7 mlrd so'm
  • sotilgan narx 1,9 mlrd so'm
  • yer maydoni 587,2 ga
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 22 ta
  • boshlang'ich narxi 8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 119 mln so‘m
Navoiy viloyati Uchquduq tumanidan boshlang'ich narxi 0,9 mln so‘m bo'lgan ko'chma savdo joyi 2,7 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 2 558 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,7 trln so'm bo'lgan 142 869 ta lot savdoga qo'yilgan.
651 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech