Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Oktyabr 2023

10-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

481 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 4,6 mlrd so'm bo'lgan 190 ta lot 8,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 7 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 808 mln so‘m bo‘lgan "O'zbekneftgaz" AJ balansidagi Ishtixon FYOTSH bino-inshootlari 929,2 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 39 ta
  • Boshlang‘ich narxi 164,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 383,2 mln so‘m
Farg'ona viloyati Farg'ona shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 10,2 mln so‘m bo‘lgan O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filiali balansidagi binoning yerto'lasi 11,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 25 ta
  • Boshlang'ich narxi 188,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 219,2 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,96 ga
Toshkent viloyati Zangiota tumanidan boshlang'ich narxi 18,7 mln so‘m bo‘lgan to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish fabrikasi qurish uchun 5,4 sotix yеr uchastkasi 20,6 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 67 ta
  • Boshlang'ich narxi 21,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 150,6 mln so‘m
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan boshlang'ich narxi 0,6 mln so‘m bo‘lgan nooziq-ovqat mahsulotlari savdosini tashkil etish uchun ko'chma savdo joyi 1,6 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 48 ta
  • Yer 46,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,5 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 446 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,2 trln so'm bo'lgan 115 512 ta lot savdoga qo'yilgan.
451 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech