Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Aprel 2023

11-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

4 024 ta lot auksion savdosiga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 22,1 mlrd so‘m bo'lgan 221 ta lot 26,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 2 ta
  • Boshlang‘ich narxi 226,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 407,5 mln so‘m

Surxondaryo viloyati, Denov tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 82,7 mln so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 91 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 51 ta
  • Boshlang‘ich narxi 334,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m

Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan yillik ijara stavkasi 18,3 mln so‘m bo‘lgan Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi yo'l harakati xavsizligi boshqarmasi balansidagi bino qismi 365,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 53 ta
  • Boshlang‘ich narxi 610,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 3 ga

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 34,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 4,8 sotix yer uchastkasi 269,7 mln so‘mga sotildi.
Buxoro viloyati, Vobkent tumanidan boshlang'ich narxi 45,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 7 sotix yer uchastkasi 50,3 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 54 ta
  • Boshlang‘ich narxi 12,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 54,2 mln so‘m

Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • Soni 1 ta
  • Boshlang‘ich narxi 166,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 183 mln so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 920 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 9 trln so‘m bo‘lgan 138 537 ta lot savdoga qo‘yilgan.

484 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech