Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Iyun 2024

11-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

491 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 8,1 mlrd so'm bo'lgan 717 ta lot 12,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 125 ta
  • boshlang'ich narxi 3,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,9 mlrd so‘m
Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 40,3 mln so‘m bo‘lgan Toshkent shahar prokuraturasi balansidagi bino qismi 108,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 17 ta
  • boshlang'ich narxi 736 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 0,6 ga
Toshkent viloyati Nurafshon shahridan boshlang‘ich narxi 537,9 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 30 sotix yеr uchastkasi 3,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 550 ta
  • boshlang'ich narx 3,4 mlrd so'm
  • sotilgan narx 3,8 mlrd so'm
  • yer maydoni 609,4 ga
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 20 ta
  • boshlang'ich narxi 5 mln so‘m
  • sotilgan narxi 155 mln so‘m
Sirdaryo viloyati Guliston tumanidan boshlang'ich narxi 1,2 mln so‘m bo'lgan ko'chma savdo joyi 1,3 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 906 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12 trln so'm bo'lgan 149 787 ta lot savdoga qo'yilgan.
667 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech