Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Aprel 2023

12-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

672 ta lot auksion savdosiga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m bo'lgan 238 ta lot 5,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 140 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,7 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 262 mln so‘m bo‘lgan Axborot texnologiyalari texnikumi balansidagi bo‘sh turgan bino 1,6 mlrd so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 66 ta
  • Boshlang‘ich narxi 610,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 643,6 mln so‘m
  • Yer maydoni 1,9 ga

Toshkent viloyati Zangiota tumanidan boshlang'ich narxi 33,9 mln so‘m bo‘lgan nonvoyxonalar qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 40,7 mln so‘mga sotildi.
Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidan boshlang'ich narxi 3,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 0,6 sotix yer uchastkasi 25,3 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 29 ta
  • Boshlang‘ich narxi 11 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 56,4 mln so‘m

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi boshlang'ich narxi 0,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘chma savdo joyi 24,9 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 559 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 9,2 trln so‘m bo‘lgan 139 629 ta lot savdoga qo‘yilgan.

663 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech