Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Mart 2023

13-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 297 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 28,4 mlrd so‘mlik 5 602 ta lot 43,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

   Davlat aktivlari:

  • Soni 28 ta
  • Boshlang‘ich narxi 13,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 15 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida joylashgan "Noto'qima" MCHJ ustav fondidagi "Qashqadaryopaxtasanoat" AJning boshlang’ich narxi 735 mln so‘mlik 61,8 foiz ulushi 771 mln so‘mga sotildi.

     Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 244 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 8,5 mlrd so‘m

Xorazm viloyati, Urganch shahridan yillik ijara stavkasi 79,6 mln so‘mlik Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining oshxonasi 692,2 mln so‘mga ijaraga berildi.

      Yer uchastkalari:

  • Soni 117 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,4 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 33,9 ga

Farg’ona viloyati, Farg’ona shahridan boshlang’ich narxi 63,4 mln so‘mlik maktabgacha ta'lim muassasalari qurish uchun 25 sotix yer uchastkasi 323,6 mln so‘mga sotildi.
Toshkent voliyati, Toshkent tumanidan boshlang’ich narxi 24,9 mln so‘mlik ofis binolari qurish uchun 10 sotix yer uchastkasi 675,7 mln so‘mga sotildi.

      Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 176 ta
  • Boshlang‘ich narxi 61,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 923,8 mln so‘m

Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumanidan narxi 0,1 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 25,3 mln so‘mga sotildi.

     Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • Soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 171,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 811,3 mln so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 12 305 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 9,2 trln so‘m bo‘lgan 146 609 ta lot savdoga qo‘yilgan.

753 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech