Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Avgust 2023

14-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

409 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 98 mlrd so'm bo'lgan 3 156 ta lot 130,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 17 ta
  • Boshlang‘ich narxi 32,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 40,2 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan ma‘muriy bino 7,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 50 ta
  • Boshlang‘ich narxi 659,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
Shahrisabz shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 5,2 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan san'at maktabi balansidagi bo'sh turgan oshxona 16,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 58 ta
  • Boshlang'ich narxi 928,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 5,6 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 4,8 ga
Marg'ilon shahridan boshlang'ich narxi 76,7 mln so'm bo'lgan kichik sanoat zonasidagi 11,1 sotix yer uchastkasi 498,7 mln so'mga sotildi.
Xorazm viloyati Shovot tumanidan boshlang'ich narxi 8,7 mln so'm bo'lgan Yakka tartibdagi turarjoy qurish uchun 2 sotix yer uchastkasi 21 mln so'mga sotildi.
 
Noruda foydali qazilmalarni qazish huquqi:
  • Soni 5 ta
  • Boshlang'ich narxi 95 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,4 mlrd so‘m

Foto va video kameralarni o'rnatish huquqi:

  • Soni 17 ta
  • Boshlang'ich narxi 90,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 10,7 mlrd so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 2 787 ta
  • Yer maydoni 2338,1 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 69,2 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 13,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 4 697 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 7,1 trln so'm bo'lgan 123 702 ta lot savdoga qo'yilgan.
327 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech