Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Iyul 2023

14-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 367 ta lot savdoga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 19,2 mlrd so'm bo'lgan 197 ta lot 25,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 21 ta
  • Boshlang‘ich narxi 17 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 21,8 mlrd so‘m
Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 954,6 mln so‘m bo‘lgan "Asakabank" AJ balansidagi bo'sh turgan noturar bino-inshootlar 1 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 8 mlrd so‘m bo‘lgan “NBU invest group” AJ balansidagi “Piskent dehqon bozori” zamonaviy savdo majmuasi 8,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 60 ta
  • Boshlang'ich narxi 642,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 770,4 mln so‘m
  • Yer maydoni 1,5 ga
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidan boshlang'ich narxi 162,5 mln so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 25 sotix yеr uchastkasi 178,7 mln so‘mga sotildi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidan boshlang'ich narxi 40,4 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 44,5 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 97 ta
  • Boshlang'ich narxi 18,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 636,4 mln so‘m
Samarqand viloyati Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 0,1 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 1,2 mln so'mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 670 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 7,9 trln so'm bo'lgan 130 686 ta lot savdoga qo'yilgan.
352 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech