Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 May 2023

15-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 003 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 32,7 mlrd so'm bo'lgan 2 543 ta lot 47,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 11 ta
  • Boshlang‘ich narxi 3,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,8 mlrd so‘m
Nukus shahrida joylashgan boshlang‘ich narxi 700,2 mln so‘m bo‘lgan "Kommunalliq issiliq orayi" DUK balansidagi qozonxona binosi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
Uchko‘prik tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 292 mln so‘m bo‘lgan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Fargʻona filiali balansidagi Qoʻqonboy aloqa boʻlimi binosi 1,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 37 ta
  • Boshlang‘ich narxi 422 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m
Termiz shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 141,5 mln so‘m bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termiz filiali balansidagi bino qismi 155,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 141 ta
  • Boshlang'ich narxi 7,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 15 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 48,4 ga
Sardoba tumanidan boshlang'ich narxi 100,9 mln so‘m bo‘lgan metallni qayta ishlash korxonalari qurish uchun 80 sotix yer uchastkasi 494,2 mln so‘mga sotildi.
Zafarobod tumanidan boshlang'ich narxi 24,8 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 7 sotix yer uchastkasi 205,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 477 ta
  • Boshlang‘ich narxi 92,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 1 752 ta
  • Yer maydoni 712,5 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 31,9 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 23,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 5 354 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9 trln so'm bo'lgan 131 341 ta lot savdoga qo'yilgan.
441 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech