Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Fevral 2023

17-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

        3 777 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 11,6 mlrd so‘mlik 6 597 ta lot 17,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

        Davlat mulki:

  • Soni 5 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,5 mlrd so‘m

        "Mikrokreditbank" ATB Navoiy viloyati filialiga qarashli narxi 2,2 mlrd so‘mlik quyonxona binosi 2,4 mlrd so‘mga sotildi.

        Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 84 ta
  • Boshlang‘ich narxi 709,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 4,3 mlrd so‘m

        Urganch shahridan yillik ijara stavkasi 8 mln so‘mlik Urganch davlat universitetining bo’sh turgan xonasi uchun 286,5 mln so‘m taklif berildi.

         Yer uchastkalari:

  • Soni 90 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,8 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 5,3 ga

        Toshkent viloyati, Zangiota tumanidan narxi 20,2 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 2 sotix yer uchastkasi 93 mln so‘mga sotildi.
         Samarqand viloyati, Tayloq tumanidan narxi 4,7 mln so‘mlik kichik sanoat zonalaridagi 31 sotix yer uchastkasi 182,8 mln so‘mga sotildi.

       Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 50 ta
  • Boshlang‘ich narxi 16,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 81,5 mln so‘m

        Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanidan boshlang'ich narxi 0,9 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 14,2 mln so'mga sotildi.

         Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • Soni 2 ta
  • Boshlang‘ich narxi 29,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 103,8 mln so‘m

      Toshkent viloyati, Parkent tumanidan narxi 14,8 mln so'mlik Parkentsoy daryosiz o'zanidagi uchastkani tozalash loyihasi 65,3 mln so'mga sotildi.

       O‘tkazilgan savdolarda 16 379 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

       Hozirda, boshlang‘ich narxi 10,1 trln so‘m bo‘lgan 180 935 ta lot savdoga qo‘yilgan.

619 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech