540 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 28,9 mlrd so'm bo'lgan 245 ta lot 33,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 5 ta
- boshlang'ich narxi 53,7 mln so‘m
- sotilgan narxi 61 mln so‘m
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 30,5 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Sport sog'lomlashtirish markazi" DUK balansidagi binoning bir qismi 33,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 198 ta
- boshlang'ich narxi 28,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 33,1 mlrd so‘m
- yer maydoni 7,2 ga
Andijon viloyati Andijon shahridan boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan ko'p qavatli avto turargox qurish uchun 1 gektar yеr uchastkasi 4,2 mlrd so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
- soni 35 ta
- boshlang'ich narxi 9 mln so‘m
- sotilgan narxi 18 mln so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 1,8 mln so‘m bo'lgan ko'chma savdo joyi 2 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 532 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,6 trln so'm bo'lgan 144 476 ta lot savdoga qo'yilgan.